"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte rahbariyat bilan murosaga kelolmayapti.
Italiyalik mutaxassis jamoa tarkibini kuchaytirish lozim deb hisoblamoqda. Rahbariyat esa aksincha.
The Times xabariga ko‘ra, "ko‘klar" rahbariyati jamoa xarid qilgan futbolchilar kelgusi g‘alabalar uchun kifoya qiladi deb hisoblayapti. Konte esa tarkibni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" yozgi transferlar darchasida Alvaro Morata, Tyemue Bakayoko, Antonio Ryudiger va Villi Kabalyeroni tarkibga qo‘shib olgan edi. APL dastlabki turida esa jamoa o‘z maydonida "Byornli"ga 2:3 hisobida yutqazdi.