Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 23:45 Frozinone 0-5 Inter
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem - Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka - Las-Palmas
11/05 19:00 Vulverhempton - Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut - Brentford
11/05 19:00 Everton - Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl - Brayton
11/05 19:00 Tottenhem - Byornli
11/05 19:00 Vest Xem - Luton
11/05 19:15 Vilyarreal - Sevilya
11/05 21:00 Napoli - Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest - Chelsi
11/05 21:30 Granada - Real Madrid
11/05 23:45 Milan - Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao - Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya

Yuvilmagan «begona» 600ta futbolka yoxud Ildefons Limaning g‘aroyib qiziqishi

Yuvilmagan «begona» 600ta futbolka yoxud Ildefons Limaning g‘aroyib qiziqishi

Baho:
+ | -

Joriy yoz futbol olamida aqlga sig‘mas voqea kuzatildi: vujudi bilan mag‘lubiyatlarga ko‘milgan zaifgina Andorra milliy jamoasi Vengriya termasiga qarshi bahsda naq 12 yil badaliga ilk g‘alabasini tantana qildi.

Mitti mamlakat vakillari bundan sal avvalroq 57ta o‘yindan iborat mag‘lubiyatli se-riyadan so‘ng birinchi ochkoni qo‘lga kiritishgandi. Andorra termasining tarixiy o‘yinida 37 yoshli markaziy himoyachi, mamlakat futboli tarixidagi bosh yulduz - Ildefons Lima alohida nur sochdi.

Uning jamoada qanday o‘rin tutishini anglatish uchun oddiy statistikani keltirish kifoya: Andorra termasi o‘z faoliyati davomida jami 142ta o‘yin o‘tkazgan va Lima shundan 107tasida ishtirok etgan...

*****

Ildefons Lima ajoyib statistikaga ega bo‘lsada, hattoki, Yevropada ham u haqda uncha bilishmaydi. Rossiya esa Lima bilan yaqindan tanishgan sayyoramizdagi o‘lkalardan biridir. Gap shundaki, andorralik himoyachi 2007 yilning oxirida rossiyalik muxlislarning g‘oyat asabiylashlariga sababchi bo‘lgandi.

Eslasangiz, Rossiya termasi Yevro-2008 saralash bosqichining oxirgi turida aynan shu mittigina mamlakat jamoasiga qarshi  maydonga tushgan va hafsalasiz o‘ynaganiga qaramay, Dmitriy Sichyov tomonidan urilgan yagona gol evaziga 3 ochko olgandi.

Parallel ravishda o‘tkazilgan yana bir bahsda esa xorvatlar Angliya termasini yengib, ruslarga qit’a chempionati yo‘lini ochishgan payt Andrey Arshavin kutilmaganda, o‘z oldida qizil kartochka ko‘rgandi.

«Aslida tirsagim raqibga tasodifan tegib ketdi,-deya vaziyatni izohladi Lima keyinroq «Sovetskiy sport» muxbirlari bilan suhbatda.

- Biroq u shu pallada oyog‘imga tepib, yaxshi ish qilmadi». Aytgancha, Arshavin o‘sha chetlatilish sabab, Yevro-2008 start bosqichida Ispaniya va Gresiya termalariga qarshi bahslarni o‘tkazib yuborgandi.

*****

Ajoyib fakt: Lima himoyada to‘p sursada, Andorra terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. U 20 yillik xalqaro faoliyati davomida 11ta gol urgan (5tasi penalti samarasi).

Shuningdek, faxriy futbolchini mamlakat termasi safidagi 100-o‘yini munosabati bilan alohida taqdirlashgan. Ammo Lima hattoki, to‘p-urarlik bobidagi rekordi emas, balki nostandart qiziqishi bilan mashhur. U o‘yinchilik futbolkalaridan ulkan kolleksiya yaratgan.

Limaning aytishicha, ayni payt jamg‘armasida 500ta yoki 600tacha turli forma bor - aniq sanog‘ini o‘zi ham bilmas ekan. E’tiborlisi, u barcha futbolkalarni maxsus ajratilgan va jihozlangan xonada saqlaydi.

Ya’ni har bir libos alohida ilgichda sellofan yopinchiq ostida turadi. Qoyilmisiz? Yana bir diqqatni tortadigan tomoni shuki, biror futbolka kir yuvish mashinasiga tushgan emas.

Mantiiqli savol: kamtarin jamoa vakili shuncha formani qanday to‘plagan? Garchi Lima futbol bobida zarracha maqtanolmaydigan mamlakatda tug‘ilgan bo‘lsada, faoliyati yetarli darajada tig‘iz kechgan.

Deylik, u Italiya va Ispaniyaning ikkinchi divizionlarida ham to‘p surgan, 2002 yili hattoki, Meksikaning «Pachuka» jamoasi safida 3 marta maydonga tushgan.

*****

Lima kolleksiyasi juda qadrli eksponatlarga to‘la. Misol uchun, Jon Terriga tegishli futbolkani aytish mumkin. Ildefons uni 2009 yili muxlislar bilan to‘lgan «Uembli»da Angliya termasiga qarshi kechgan saralash o‘yinidan keyin olgan.

«Bunday voqeadan so‘ng faoliyatimni tugatib qo‘ysam ham bo‘laveradi»,-deya hazillashgandi andorralik himoyachi inglizlar bilan uchrashuvdan so‘ng.

Eng qizig‘i, Lima shundan atigi 2 yilcha oldin aynan Terridan qattiq ranjiganini yashirmagandi. Gap shundaki, «Chelsi» afsonasi o‘shanda terma jamoadagi sheriklariga andorraliklar bilan futbolka almashtirmaslik haqida ko‘rsatma bergan ekan:

«Ular atayin qo‘pol o‘ynashadi, shuning uchun futbolka bermanglar». Ko‘rinishidan, Terri keyinchalik o‘z fikrini o‘zgartirgan, shekilli, «Uembli»da Limaga o‘z libosini yechib bergandi.

Ildefons kolleksiyasida yana Aleksandr Kerjakov futbolkasi ham bor. 2007 yilgi rossiyaliklar uchun hal qiluvchi o‘sha o‘yindan so‘ng Sasha bilan forma almashtirgan andorralik uy muzeyidagi futbolkalar soni 300 donaga yetganini aytib, alohida maqtangan edi.

O‘tgan yili oktyabrda Krishtianu Ronaldu Andorra termasi darvozasiga 4ta gol urganida, Lima ham maydonda edi. Garchi faxriy himoyachi butun o‘yin davomida daho futbolchiga aytarli qarshilik ko‘rsatolmagan bo‘lsada, final hushtagi yangragach, undan esdalik uchun forma so‘rashdan tiyilmadi va kolleksiyasini yana bir yorqin eksponat bilan boyitdi.

*****

Aytish joiz, Lima aslida top-futbolchilardan forma olishga alohida talpinmaydi. To‘g‘ri, uning hisobida yana Franchesko Totti, Zlatan Ibragimovich va Paolo Maldini kabi yulduzlarga tegishli futbolkalar ham yo‘q emas.

Ammo antiqa kolleksioner asosan terma jamoalar liboslariga qiziqadi. Bir qarashda, Ildefons ayniqsa, tanilmagan jamoalar vakillari bilan futbolka almashtirishga moyil.

«Hozirda 500-600tacha futbolkaga egaman. Maqsadlarimdan biri esa - FIFA tarkibiga kiruvchi barcha mamlakatlar bosh jamoasi formasini to‘plash. Misol uchun, hozir kolleksiyamda Arubadek ekzotik mamlakat jamoasiga tegishli libos bor. Eng muhimi, barcha formalar o‘yinlardan so‘ng olingan. Ya’ni ular ichida do‘kondan xarid qilingani umuman yo‘q»,-degandi Lima o‘tgan yili.

Demak, raqamlarda ifoda etsak, andorralik himoyachi shu kungacha 128ta terma jamoa libosini to‘plashga ulguribdi. FIFA tarkibida esa 211ta a’zo bor. Uning oxirgi «o‘ljalari» - bu Kyurasao (jamoaning barcha futbolchilari dastxati tushirilgan) va Mavrikiya termalari formalari.

Lima ajoyib kolleksiyasini to‘ldirish yo‘lida deyarli har ishga tayyor turadi. U o‘zini «mutlaq futbolka jinnisi» sifatida ta’riflaydi: aprel oyida hattoki, Ruanda va Syerra-Leone terma jamoalarini ekipirovka bilan ta’minlovchi AMS Clothing firmasi vakillariga alohida murojaat yo‘llab, kolleksiyasini to‘ldirishga yordam berishlarini so‘radi.

Futbolchining so‘zlariga e’tibor qarating: «Bu futbolkalar - butun faoliyatim tarixi».

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 01:48, 17.08.2017.
O'qildi: 4418 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.