"Barselona" hujumchisi Luis Suares "Real"ga (0:2) qarshi Ispaniya superkubogi o‘yinida jarohat oldi.
Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, futbolchi o‘ng tizzasidan lat yegan. Bugun u tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, jarohatining qanchalik jiddiy ekani ma’lum bo‘ladi.