Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Qirg‘iziston milliy termasi Toshkentga O‘zbekistonda o‘ynaydigan bir va jamoasi yo‘q ikki futbolchi bilan keladi

Qirg‘iziston milliy termasi Toshkentga O‘zbekistonda o‘ynaydigan bir va jamoasi yo‘q ikki futbolchi bilan keladi

Baho:
+ | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 25 avgust kuni Qirg‘iziston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. O‘yin Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Qirg‘iziston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun 22 futbolchini tarkibga jalb qilgan.

Tarkibda O‘zbekiston Oliy Ligasida ishtirok etuvchi «Olmaliq» klubi yarim himoyachisi Farhod Musabekov, shuningdek, ayni vaqtda klubi yo‘q o‘yinchilar — darvozabon Pavel Matyash va yarim himoyachi Anton Zemlyanuxin bor. Himoyachilar qatorida ko‘rsatilgan Deniel Tego esa asli ganalikdir.

Qirg‘iziston milliy termasining O‘zbekistonga qarshi tarkibi:
Darvozabonlar — Pavel Matyash (hozircha klubsiz), Valeriy Kashuba («Dordoy»).
Himoyachilar — Azamat Baymatov («Soxar», Ummon), Tamirlan Ko‘zubayev, Deniel Tego, Kursan Sheratov (hammasi – «Dordoy»), Amanbek Manibekov, Vladimir Kazakbayev, Danila Sokirchenko (hammasi – «Abdish-Ata»).
Yarim himoyachilar — Baxtiyor Duyshobekov («Abdish-Ata»), Farhod Musabekov («Olmaliq», O‘zbekiston), Pavel Sidorenko, Aziz Sidiqov, Islom Shamshiyev, Qayrat Jirgalbek o‘g‘li, Bekjan Saginbayev, Avazbek O‘tkeev (hammasi – «Dordoy»), Odiljon Abdurahmonov, Murolimjon Ahmedov (ikkisi – «Oloy»), Anton Zemlyanuxin (hozircha klubsiz).
Hujumchilar — Maqsad Alimov («Oloy»), Suyuntbek Mamiraliyev («Dordoy»).

Ma’lumot uchun, Qirg‘izistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi O‘zbekiston milliy termasi uchun JCH—2018 saralash guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi ikki o‘yin oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Samvel Babayan shogirdlari saralash doirasida 31 avgust kuni Xitoy mehmoni bo‘lsa, 5 sentyabrda Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:03, 17.08.2017.
O'qildi: 8373 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик