Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Nissa 1-0 Gavr
11/05 00:00 Brest 1-1 Reyms
11/05 00:00 Alaves 2-2 Jirona
11/05 16:30 Fulhem 0-4 Manchester Siti
11/05 17:00 Malyorka 1-0 Las-Palmas
11/05 19:00 Olimpik 1-2 Paxtakor
11/05 19:00 Metallurg 0-0 Qizilqum
11/05 19:00 Vulverhempton 1-3 Kristal Pelas
11/05 19:00 Bornmut 1-2 Brentford
11/05 19:00 Everton 1-0 Sheffild Yunayted
11/05 19:00 Nyukasl 1-1 Brayton
11/05 19:00 Tottenhem 2-1 Byornli
11/05 19:00 Vest Xem 3-1 Luton
11/05 19:15 Vilyarreal 3-2 Sevilya
11/05 21:00 Napoli 0-2 Bolonya
11/05 21:30 Nottingem Forest 2-3 Chelsi
11/05 21:30 Granada 0-4 Real Madrid
11/05 23:45 Milan 5-1 Kalyari
12/05 00:00 Atletik Bilbao 2-2 Osasuna
12/05 15:30 Lasio - Empoli
12/05 17:00 Kadis - Xetafe
12/05 18:00 Jenoa - Sassuolo
12/05 18:00 Verona - Torino
12/05 19:15 Atletiko - Selta
12/05 20:30 Man. Yunayted - Arsenal
12/05 21:00 Yuventus - Salernitana
12/05 21:30 Valensiya - Rayo Valyekano
12/05 23:45 Atalanta - Roma
13/05 00:00 Strasbur - Mets
13/05 00:00 Klermon - Lion
13/05 00:00 Nant - Lill
13/05 00:00 Monpelye - Monako
13/05 00:00 PSJ - Tuluza
13/05 00:00 Renn - Lans
13/05 00:00 Marsel - Loryan
13/05 00:00 Betis - Almeriya
13/05 21:30 Lechche - Udineze
13/05 23:45 Fiorentina - Monsa
14/05 00:00 Aston Villa - Liverpul
14/05 00:00 Barselona - Real Sosyedad

Xush kelding, yevrofutbol!

Xush kelding, yevrofutbol!

Baho:
+ | -

Nihoyat, yozgi ta’til tugab, ko‘hna qit’aning yashil maydonlarida betakror spektakllar, murosasiz bellashuvlar shukuhi boshlandi.

Angliyada dastlabki tur bahslari bo‘lib o‘tdi, Fransiyada dunyoning eng qimmat futbolchisi debyutini gol bilan nishonladi, ispan va nemis grandlari esa kubok bellashuvlarida birinchilik arafasidagi oxirgi repetisiyalarini o‘tkazishdi.

Angliya

APLda yangi mavsum juma oqshomi «Arsenal»-«Lester» bellashuvi bilan start oldi. Mazkur qarama-qarshilikda irodali g‘alaba zavqini surish bir jamoadan ikkinchisiga o‘tdi. Yakunda u mehmonlarga emas, mezbonlarga nasib etdi - 4:3. Hujumkor va murosasiz futbol uchun ajoyib reklama! Agarda tomonlar himoya chizig‘idagi kamchiliklarni inobatga olmaydigan bo‘lsak, albatta.

Agar hujumchilar sal aniqroq o‘ynashganida, hisob 7:6 ko‘rinishini olishi hech gap emasdi. Amaldagi chempion - «Chelsi» esa musobaqani alamli mag‘lubiyat (2:3) bilan boshladi. Tabiiyki, kamtarin «Byornli»ga uch ochkoni ikki qo‘llab topshirishni «ko‘klar»ning o‘ta omadsiz uchrashuvi sifatida qayd etmaslikning iloji yo‘q. O‘yindan so‘ng Antonio Konte hakamlikni muhokama qilmasligini bildirdi.

Bu aqlli qaror edi. Chunki Keyxill ham, Fabregas ham «podkat»ni oyoqlarini baland ko‘targan holatda ijro etishdi. Lekin o‘zlarini nima uchun qizil kartochka bilan jazolanishganini tushunmagandek tutishdi. «Chelsi» o‘yinni sifatsiz o‘tkazgan bo‘lsada, chempionga xos irodani ko‘rsata oldi - maydonda 10 va 9 kishi bo‘lib qolgan payt ham raqib darvozasiga yo‘l topa olishdi. Ammo mag‘lubiyatdan qutulib qolishning iloji bo‘lmadi.

«MYU»ning «Vest Xem» ustidan qozongan yirik g‘alaba(4:0)sida tablodagi raqamlardan ko‘ra futbolchilarning maydondagi harakatlari muhimroq. Mourinyo shogirdlari londonliklarni o‘ta xotirjamlik bilan, deyarli ter to‘kmagan holda tiz cho‘ktirishdi.

Jamoa o‘z salohiyatiga zarracha shubha qilmagan holda to‘p surdi, go‘yo. Golni ham aynan shu ishni amalga oshirishi lozim bo‘lgan o‘yinchilar - Lukaku, Pogba, Martial urishdi. Qayd etilgan yirik hisob «MYU»ga azaliy raqib - «Man Siti»dan yuqoriroqda turish imkonini berdi. «Shaharliklar»ning Braytonda debyutant darvozasini zabt etishga qaratilgan harakatlari faqat so‘nggi 20 daqiqada o‘z samarasini berdi.

Elitaning nomdor vakillaridan biri - «Liverpul» ham musobaqani g‘alaba bilan boshlash niyatida Uotford­ga yo‘l olgandi. Shu bois, dastlabki daqiqalardan hujumga zo‘r berdi. Zero, orqa chiziqdagi qo‘pol xatolar tufayli murakkab vaziyatga tushib qoldi.

Keyinchalik «qizillar» hayajonni yengib, ustunlikni o‘z tomonlariga og‘dirishdi. Biroq safardan g‘alaba bilan qaytishlariga hakam tomonidan qo‘shib berilgan qo‘shimcha vaqtning so‘nggi daqiqalarida o‘tkazib yuborilgan gol imkon bermadi. Boz ustiga, gol o‘yin qoidasi buzilgan holda amalga oshirilgandi. Eh, «Liverpul», «Liverpul»...

«Tottenxem» safarda «Nyukasl»ni jiddiy imtihondan o‘tkazdi - 0:2. E’tiborlisi, «taqachilar» jamoani tark etgan Kayl Uoker o‘rnini boshqa bir Uoker Piters bilan to‘ldirishdi. Himoyachi xuddi sobiq sardordek harakat qilib, Pochettino ishonchini oqladi. Qiziq, londonliklar akademiyasida nomdosh voris topilibdi, «Barsa» tarbiyalanuvchilari orasida ikkinchi Neymar bormikan?

Italiya

Pireneydan farqli o‘laroq, Apenninda superkubok sohibini yagona bellashuv aniqlab beradi. Darvoqe, o‘tgan yili italiyaliklar o‘ziga xos eksperiment tariqasida chempion va kubok sohibi o‘rtasidagi bahsni mamlakat tashqarisida - Qatarda o‘tkazishgandi. Endi yana an’a­naviy uslubga qaytishdi - mavsumning dastlabki sovrini ilinjida jamoalar Rimdagi «Olimpiko» maydoniga tushishdi. «Yuventus» amaldagi chempion va Italiya kubogining sohibi bo‘lgani bois, finalchi - «Lasio» bilan kuch sinashdi.

May oyidagi mag‘lubiyatdan tegishli xulosa chiqargan rimliklar chempionga nisbatan chaqqonroq harakat qilishdi va hisobni ochishdi. Tanaffusdan keyin ham «Lasio» shiddatni pasaytirmadi va Immobile «dubl»ga erishdi. Biroq superkubok taqdiri deyarli hal bo‘lgan pallada xotirjamlikka yo‘l qo‘yildi. Oqibatda turinliklar Paulo Dibalaning «dubl»i evaziga muvozanatni tiklashga erishdilar.

Ammo ular yengil tin olishga ham ulgurmay turib bor kuch-mahoratini so‘nggi hujumga sarflagan «Lasio» o‘yin taqdirini uzil-kesil hal qildi. Shu tariqa Turin superklubi qatorasiga ikkinchi marta mavsumning ilk sovrini bo‘lgan superkubokni qo‘ldan chiqardi.

Germaniya

Bundesliga vakillari ham ichki chempionatga kubok bellashuvlari orqali tayorgarlik ko‘rishyapti. Germaniya kubogining dastlabki bosqichlarida quyi divizion ishtirokchilari ham qatnashishlari bois, «Borussiya» D. «Bavariya» bilan hamkorlikda o‘z raqiblari darvozalarini 9 marta zabt etishdi. Dortmundliklar yetakchisi Obameyang «xet-trik»ka erishgan bo‘lsa, «Bavariya»liklar forvardi Levandovski «dubl» bilan kifoyalandi.

E’tiborlisi, «Xemniser»-«Bavariya» (0:5) uchrashuvini ayol hakam - Bibiana Shteynxaus boshqardi. Myunxenliklarning fransiyalik yarim himoyachisi Frank Riberi hakam bilan hazillashishga jazm etdi. Jarima zarbasiga tayyorlanayotgan futbolchi to‘pni nuqtaga o‘rnatish chog‘ida hakam butsasining ipini yechib qo‘ydi.

Shteyn­xaus buni sezgan bo‘lsada, uni jazolashni lozim topmadi. Bibiana yangi mavsumda ilk ayol hakam sifatida bundesliga uchrashuvlarida maydonga tushadi. Demak, Riberida yana nozikroq hazillarni o‘ylab topish uchun vaqt bor.

Fransiya

Yangi mavsumda Fransiya chempionatiga bo‘lgan qiziqish yanada oshishi aniq. Axir dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi endi «PSJ» sharafini himoya qiladi. Neymar poytaxt jamoasiga ikkinchi turda qo‘shildi va debyutini gol bilan nishonladi. Qolaversa, hujumchi «Gengam»ga qarshi safar uchrashuvida bitta samarali uzatmani ham o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Albatta, 222 mln.lik xariddan yanada samaraliroq ishtirokni kutishlari tabiiy. Unay Emeri jamoasi chempionatni 2ta g‘alaba bilan boshladi. Lekin «Lion», «Marsel», «Sent Etyen» va amaldagi chempion - «Monako» ham yuz foizlik natija bilan borishmoqda. Ko‘pchilikning e’tibori Neymarga qaratilgan bo‘lsada, «uik-end»ning qahramoni sifatida Radamel Falkaoni ko‘rsatish o‘rinli.

Dijondagi bellashuvda «Monako» hujumchisi «xet-trik»ka erishdi. «Lill»ning bosh murabbiyi Marselo Byelsa uchun ortda qolgan dam olish kunlari omadsiz keldi. Jamoasini «Strasburg» maydoniga olib tushgan argentinalik mutaxassis o‘yinning 20 daqiqasi ichida ikki nafar futbolchini majburan almashtirdi, birozdan so‘ng uchinchi almashuv ham amalga oshirildi.

Aksiga olib, 63-daqiqada darvozabon Mik Menyan qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Oqibatda, hujumchi Nikolya Previl darvoza chizig‘iga o‘tdi. Ammo u atigi 10 daqiqa darvoza daxlsizligini ta’minlay oldi, xolos.

Hisob ochilgach, hujumchi yana o‘z pozisiyaga qaytarildi, darvozani esa Ibrohim Amaduga topshirishdi. Afsuski, Ibrohim ham posbonlikni uddalay olmadi. Yakunda «Lill» 0:3 hisobidagi yirik mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi. Futbol olamidagi o‘ta kamyob hodisa.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:58, 18.08.2017.
O'qildi: 5490 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.