Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo “Real”da qaysi pozisiyalarni kuchaytirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi — AS

Mourinyo “Real”da qaysi pozisiyalarni kuchaytirmoqchi ekanligi ma’lum bo‘ldi — AS

Baho:
+ | -

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyligiga asosiy nomzodlardan biri bo‘lib turgan Joze Mourinyo “qaymoqranglilar” rahbariyatiga jamoani kuchaytirish bo‘yicha maxsus hisobot taqdim etdi. Bu haqda AS nashriga tayanib Championat xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis tayyorlagan rejaning asosiy qismi bir nechta muhim pozisiyalarga yangi o‘yinchilarni xarid qilishga qaratilgan. Mourinyo dastlabki bosqichda bir yoki ikkita markaziy hamda o‘ng qanot himoyachisini olib kelishni, keyinroq esa mudofaaning chap qanotini ham yangi futbolchi bilan kuchaytirishni maqsad qilgan. Bundan tashqari, murabbiy maydon markazida Orelyen Tchuameniga raqobat tug‘dira oladigan tayanch yarim himoyachisi hamda hujumlarni tashkil etish uchun kreativ pleymeyker jalb qilishni o‘ta muhim deb hisoblamoqda. Shunga qaramay, mutaxassis o‘z hisobotida “Real” safida aynan qaysi futbolchilarni ko‘rishni istayotgani borasida hozircha aniq ismlarni tilga olmagan.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo 2010 yilning iyulidan 2013 yilning iyuniga qadar ham “Real” bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Portugaliyalik mutaxassis “qirollik klubi”ni tark etganidan keyin “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Tottenhem”, “Roma”, “Fenerbahche” va “Benfika” kabi jamoalarni boshqardi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:47, 26.05.2026.
O'qildi: 1227 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик