Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

«Dinamo» - «Paxtakor»: 6 yillik noxush an’ana buziladimi?

«Dinamo» - «Paxtakor»: 6 yillik noxush an’ana buziladimi?

Baho:
+ | -

Oliy Liga 18-turining e’tiborli o‘yinlaridan biri Samarqandda o‘tadi. Juma kuni «Dinamo» jamoasi muxlislari qarshisida «Paxtakor»ga qarshi saf tortadi.

KIM QANDAY HOLATDA?

Ushbu uchrashuvdagi g‘alaba har ikki jamoaga ham juda zarur. «Dinamo» ikkinchi davrani mag‘lubiyat bilan («Metallurg» va «Sho‘rtan») boshlagan bo‘lsa, Shota Arveladze boshchiligidagi «Paxtakor» Navoiydan durang bilan qaytib, Toshkentda «Neftchi»ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi – 6:0.

18-tur oldidan «Dinamo» turnir jadvalida ayni damda 19 ochko bilan 12-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, «Paxtakor» 28 ochko jamg‘argan holda 4-pog‘onadan o‘rin olgan. «Dinamo» O‘zbekiston Kubogi yarim finaliga chiqqan bo‘lsa, «Paxtakor» kubok bahslaridan chiqib ketgan.

SOBIQ JAMOASIGA QARSHI…

«Dinamo» jamoasi safidagi bir qator futbolchilar o‘z vaqtida «Paxtakor» safida to‘p surishgan. Jumladan, Temur Jo‘rayev, Aleksey Nikolayev, Farhod Tojiyevlar o‘z vaqtida poytaxtliklar sharafini himoya qilishgan bo‘lishsa, chernogoriyalik Adnan Oraxovas so‘nggi uch mavsumni ushbu klub safida o‘tkazayotgandi. «Paxtakor»dan ijara asosida o‘ynayotgan Saidjamol Davlatjonov bu turda «Dinamo»ga yordam bera olmaydi.

«Paxtakor» yetakchilaridan biri Jamshid Iskanderov esa «Paxtakor»gacha Oliy Ligadagi debyutini aynan «Dinamo»da nishonlab, Samarqandda faoliyat yuritgan. Shuningdek, Doston Ibragimov ham o‘tgan mavsumni aynan «Dinamo» safida o‘tkazib, bu yil «Paxtakor» safida harakat qilmoqda.

O‘YIN RAVSHAN ERMATOVGA TOPSHIRILDI

«Dinamo» - «Paxtakor» uchrashuvini boshqarib borish FIFA referisi Ravshan Ermatovga ishonib topshirildi. Unga qanotlarda Abdulhamid Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berib borishadi.

Oliy Liga. 18-tur. 18 avgust (juma)

«Dinamo» (Samarqand) – «Paxtakor» (Toshkent)

Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), K. Rasulov (Qarshi)

Nazoratchi: D. Roman (Toshkent).

O‘zPFL vakili: A. Frolov.

O‘ZARO O‘YINLAR: USTUNLIK KIMDA?

«Dinamo» va «Paxtakor» jamoalari Oliy Liga tarixida hozirga qadar 45 bor kuch sinashishgan. 35 uchrashuvda «Paxtakor», 6 o‘yinda «Dinamo» ustun kelgan. 4 o‘yin durang bilan yakunlangan. To‘plar nisbati – 92:23 ga teng, mehmonlar foydasiga. O‘zaro o‘yinlarda «Paxtakor» 109 ochkoga ega bo‘lgan bo‘lsa, «Dinamo» 22 ochkoni qo‘lga kiritgan.

«Paxtakor»ning o‘zaro o‘yinlarda qozongan eng yirik g‘alabasi – 6:0ga teng. Bu 2015 yilda qayd etilgan. «Dinamo»ning eng yirik g‘alabasi esa 2:0.

«Dinamo» 6 yildan buyon «Paxtakor»ni Samarqanda mag‘lub eta olmayapti. Ko‘ramiz, birinchi davrada 16 yillik noxush an’anani buzgan «Dinamo» endi 6 yillik noxush an’anaga chek qo‘ya olarmikan…

Samarqandda bo‘lib o‘tgan so‘nggi olti uchrashuv:

07.06.2015 «Dinamo» - «Paxtakor» 0:1

26.04.2014 «Dinamo» - «Paxtakor» 1:2

18.10.2013 «Dinamo» - «Paxtakor» 1:2

08.04.2012 «Dinamo» - «Paxtakor» 0:1

05.08.2011 «Dinamo» - «Paxtakor» 0:0

26.10.2010 «Dinamo» - «Paxtakor» 2:1

FAKTLAR, RAQAMLAR…

«Dinamo» o‘z maydonida bo‘lib o‘tgan 22 ta o‘yinning 4 tasida zafar quchgan. To‘rt marta durang qayd etilgan. “Paxtakor” Samarqanddan 14 bora uch ochko bilan qaytgan. «Dinamo» 2010 yildan buyon «Paxtakor»ni Samarqandda mag‘lub eta olmay kelmoqda.

SO‘NGGI O‘YIN: «PAXTAKOR» - «DINAMO» - 0:1

Jamoalarning so‘nggi o‘yini joriy mavsumning 3-turida Toshkentda o‘tgandi. 12 mart kungi bahsda Samarqand jamoasi 16 yillik noxush an’anaga chek qo‘yib, safarda «Paxtakor»ni mag‘lub etib qaytgandi. O‘shanda «Dinamo» jamoasini peshqadamga aylantirgan golga 88-daqiqada Radu Rogak mualliflik qilgandi.

ANONS:

Oliy Liga. 18-tur. 18 avgust (juma)

«DINAMO» - «PAXTAKOR»

Uchrashuv stadioni: «Dinamo» Markaziy o‘yingohi.

Uchrashuv boshlanish vaqti: 18:00

O‘yin chiptasi narxi: 7 000 co‘m.

«Dinamo» klubi Matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:09, 18.08.2017.
O'qildi: 4112 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.