“Bavariya”ning yangi sport direktori Hasan Salixamijich klub bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bilan dastlabki muloqoti xususida gapirib berdi.
“Men Anchelottidan klubda chekmaslikni so‘radim, u esa rozi bo‘ldi, chunki u haqiqiy professional”.
Buni qarangki, chekish tashlanganidan keyin Anchelotti Germaniya superkubogini qo‘lga kiritdi. Anchelotti esa bu haqda shunday dedi: “Bu sog‘lig‘im uchun eng muhim qaror, ayolim mendan minnatdor”.