Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Oliy Liga: To‘purarlar orasida kurash qanday kechmoqda?

Oliy Liga: To‘purarlar orasida kurash qanday kechmoqda?

Baho:
+-1 | -

Xabaringiz bor, milliy terma jamoa o‘yinlari sabab endilikda Oliy Liga bahslarida qisqa muddatli tanaffus yuzaga keldi.

Shu paytga qadar milliy chempionatimizda jamoalar 18 tadan uchrashuv o‘tkazishga ulgurishdi. Quyida ayni paytda to‘purarlar bahsida kimlar yetakchilik qilayotgani xususida ma’lumot berib o‘tamiz.

Ta’kidlash joizki, “Lokomotiv” hujumchisi Marat Bikmayev mavsum boshidanoq to‘purarlar “poygasi”da yakkapeshqadamlikni qo‘lga olgandi. Marat ilk turlardanoq ketma-ket gollar urib, o‘z hisobidagi gollar sonini anchaga yetkazib olgandi.

Biroq futbolchi birinchi davra so‘nggiga kelib jarohat oldi va bir nechta uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, milliy terma jamoamiz a’zosi ikkinchi davraning ilk o‘yinlaridanoq yana o‘zining to‘purarlik salohiyatini namoyish eta boshladi.

Hozirda Marat Bikmayevning kiritgan gollari soni 16 tani tashkil etmoqda. Shu o‘rinda qayd etish joizki, “Lokomotiv”ning penaltilar tepish borasida yetakchi “mutaxassisi” vazifasini qoyilmaqom tarzda uddalab kelayotgan Bikmayev 16 ta golning 5 tasini 11 metrli jarima zarbasida kiritgan.

FC Lokomotiv Tashkent Uzbekistan

To‘purarlar bahsida Bikmayevning eng yaqin ta’qibchisi – “Nasaf” hujumchisi Dragan Cheran sanaladi. U hozirga qadar 10 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan. “So‘g‘diyona” a’zosi Sanjar Rashidov esa 9 bor muvaffaqiyat qozongan.

Shuningdek, 3 nafar futbolchilar – Ilhom Yunusov, Zohid Abdullayev va Ivan Nagayev 7 martadan gol urishga erishishgan.

6 bor raqib darvozabonlarini hafa qilgan ijrochilar orasida “Lokomotiv”dan Murod Bobojonov ham bor. “Temiryo‘lchilar”dan Jaloliddin Masharipov 5 marta to‘p kiritgan.

Murod Bobojonov Fk Lokomotiv O'zbekiston

Jamoamiz sardori Temur Kapadze, Ikrom Aliboyev hamda Sardor Mirzayev 3 martadan gol urishga muvaffaq bo‘lishgan.

“Loko” vakillaridan Islom To‘xtaxo‘jayev, Sadriddin Abdullayev, Diyor Turopov, Kaxi Maxaradze, Salamat Qutiboyev, Aziz Amonov va Oleg Zoteevlar 1 martadan muvaffaqiyat qozonishgan.

Umumiy hisobda “Lokomotiv” futbolchilari 43 marta raqiblari darvozalarini ishg‘ol etishgan. Bu borada ham “Lokomotiv” yakkapeshqadam bo‘lib turibdi. Jamoamizda to‘plar nisbati +31ni tashkil etmoqda.

FC Lokomotiv Tashkent - 483743784

Diqqatga sazovor jihati shundan iboratki, “Lokomotiv”dan tashqari faqatgina “Buxoro” 30 marta gol urgan. Boshqa hech bir jamoa hozircha 30lik dovondan oshgani yo‘q.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 15:34, 20.08.2017.
O'qildi: 6616 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик