Ispaniya matbuoti xabariga ko‘ra, "Barselona" ustozi Ernesto Valverde jamoa rahbariyatidan hayfsan olgan.
Mutaxassis "Betis" klubiga qarshi o‘yindan oldin: "Men murabbiylar shtabining talabiga mos keladigan yangi o‘yinchilarning tezroq xarid qilinishini istayman" - degan edi. Mana shu gaplar jamoa rahbariyatiga yoqmagan.
53 mutaxassisning bu bayonotiga javoban, "Barsa" rahbariyati qo‘lidan kelgan barcha ishni qilayotgani, ammo transfer bozoridagi vaziyat bunga to‘sqinlik qilayotganini aytgan.