Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 0-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Oliy liga 18-turida eng ko‘p muxlis Samarqandga tashrif buyurdi

Oliy liga 18-turida eng ko‘p muxlis Samarqandga tashrif buyurdi

Baho:
+ | -

Oliy Liga 18-turi doirasidagi o‘tkazilgan o‘yinlar orasida eng ko‘p tomoshabin yig‘gan uchrashuv Samarqanddagi bahs bo‘ldi.

PFL sayti ma’lumotlariga binoan, Samarqandda o‘tgan «Dinamo» - «Paxtakor» uchrashuvida 10 355 tomoshabin tashrif buyurgan. Bu ushbu turdagieng ko‘p tomoshabin to‘plagan uchrashuvdir.

Qarshidagi «Nasaf» - «Bunyodkor» o‘yinida 8 517 tomoshabin kelgan bo‘lsa, Farg‘onadagi «Vodiy derbisi»ni 6 903 tomoshabin kuzatib borgan.

Eng kam tomoshabin esa, Toshkentda o‘tkazilgan «Metallurg» - «Lokomotiv» uchrashuviga tashrif buyurdi – 522 tomoshabin.

18-tur davomida mamlakatimizning 8 ta stadionida kechgan o‘yinlarni jami 39 118 tomoshabin kuzatib borgan. Bu har bir o‘yinda o‘rtacha 4889 tomoshabinga to‘g‘ri keladi.

Oliy Liga. 18-tur. Tomoshabinlar tashrifi:

«Dinamo» (Samarqand) – «Paxtakor» (Toshkent) – 0:0.

Samarqand, 10 355 tomoshabin.

«Nasaf» (Qarshi) – «Bunyodkor» (Toshkent) – 0:1.

Qarshi, 8517 tomoshabin.

«Neftchi» (Farg‘ona) – «Navbahor» (Namangan) – 1:1.

Farg‘ona, 6903 tomoshabin.

«Qizilqum» (Navoiy) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 3:1.

Navoiy, 6501 tomoshabin.

«Olmaliq» (Olmaliq) – «So‘g‘diyona» (Jizzax) – 2:1.

Olmaliq, 3825 tomoshabin.

«Mash’al» (Muborak) – «Sho‘rtan» (G‘uzor) – 4:0.

Muborak, 1823 tomoshabin.

«Obod» (Toshkent) – «Buxoro» (Buxoro) – 2:3.

Toshkent, 672 tomoshabin.

«Metallurg» (Bekobod) – «Lokomotiv» (Toshkent) – 1:2.

Toshkent, 522 tomoshabin.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 11:30, 22.08.2017.
O'qildi: 3354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик