Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiyaga ketish oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi Rossiyaga ketish oldidan so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazdi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 24-31 avgust kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida yig‘in o‘tkazadi.

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi terma jamoamiz bugun tongda Rossiyaga uchib ketishdi. Kecha jamoa safar oldidan so‘nggi mashg‘ulotini o‘tkazdi. Unda darvozabon Akmal Xazratqulov yengil shamollagani bois ishtirok etmadi, qolganlar to‘liq shug‘ullanishdi. Bundan tashqari, yoshlar terma jamoamiz kiperlari Sunnatjon Anvarov va Mirislom Miraliyevlar ham mashg‘ulotda ishtirok etishdi. Safaroldi mashg‘ulot bo‘lgani sabab murabbiylar og‘ir mashqlardan foydalanishmadi, asosan o‘yin payti yuzaga keladigan turli vaziyatlar, o‘ynovchi darvozabon bilan harakat qilish va to‘p bilan ishlashga e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston terma jamoasining Rossiyaga boradigan tarkibi haqida oldinroq xabar bergan edik. Terma jamoamiz Yekaterinburgda Rossiyaning "Viz-Sinara" va "Zik-Urfu" jamoalariga qarshi ikkitadan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Bo‘lajak yig‘in O‘zbekiston futzal termasi uchun Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida yopiq inshootlarda bo‘lib o‘tadigan 2017 yilgi Osiyo o‘yinlari va futzal bo‘yicha 2018 yilgi Osiyo chempionati saralash bahslariga tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

Ma’lumot uchun, Ashxoboddagi Osiyo o‘yinlari shu yilning 16–26 sentyabr kunlari o‘tkaziladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 11:55, 24.08.2017.
O'qildi: 2427 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик