"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger hujumchi Aleksis Sanchesning maydonga qaytishga tayyorligini aytdi.
"Aleksis ko‘p mehnat qilmoqda. Uning "Liverpul"ga qarshi o‘yinda maydonga tushirish haqida o‘ylab ko‘rishim kerak, biroq u tayyor.
Sanchesning qolishini istayman. U atrofida jamoani shakllantirish mumkin bo‘lgan futbolchilardan biridir. U "Arsenal" qadriyatlarining timsoli bo‘lishi kerak" - dedi Venger Sky Sports xabarida.
Eslatib o‘tamiz, "Liverpul" - "Arsenal" o‘yini 27 avgust kuni soat 20:00 da boshlanadi.