Xitoy futbol federasiyasi terma jamoa bosh murabbiyi Marchelo Lippining ishini qoniqarli deb topdi.
Rahbariyat murabbiyni o‘z lavozimida qoldirdi va uning oldiga JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasini qo‘ydi.
Ayni paytda, Xitoy terma jamoasi JCH-2018 saralashining "A" guruhida 6 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Xitoyliklarda musobaqadagi ishtirokini davom ettirish uchun nazariy imkoniyatlar bor xolos. Terma jamoa so‘nggi 2 turda O‘zbekiston va Qatar termalariga qarshi bahs yuritishi va g‘alaba qozonishi talab qilinadi.
Marchelo Lippining amaldagi shartnomasi 2019 yil yozigacha mo‘ljallangan.