«PSJ» yarim himoyachisi Marko Verratti Fransiya chempionatining 3-turi doirasida «Tuluza»ga qarshi o‘yinda (6:2) maydondan chetlatilgandi. 24 yoshli futbolchi hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Shu tariqa, Verratti Fransiya chempionati doirasida «Sent-Etyen», «Mets» va «Lion»ga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.