Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Mammana: «Qiyin paytda rafiqam qo‘llagan»

Mammana: «Qiyin paytda rafiqam qo‘llagan»

Baho:
+ | -

«Zenit»dagi argentinalik futbolchilar soni ortib bormoqda. Yaqinda piterliklar «Lion»­dan markaziy himoyachi Emmanuel Mammanani xarid qilishdi.

Championat.com sayti xodimlari fursatdan foydalanib, 21 yoshli futbolchini suhbatga tortishdi.

— Piterga moslashib oldingizmi? Kvartira topdingizmi?

— Hozir uy izlayapman. Oilam esa Fransiyada viza muammolarini hal qilmoqda. Yaqin orada ular bu yerga kelishadi. Lekin Sankt-Peterburgda xonadon topish oson emas ekan.

— Muammo nimada?

— Ikkita itim bor. Shuning uchun ularning sayr qilishi uchun bog‘i bor uy topishim kerak. Bir nechta xonadonlarni ko‘rdim, lekin barchasi band ekan. Qidirishda davom etyapman.

— Argentinada jonajon klubingiz «River Pleyt» va «Boka Xuniors» o‘rtasidagi derbi o‘ta qaynoq o‘tadi. Ikki yil oldin Libertadores kubogida «Boka» muxlislari «River Pleyt» futbolchilariga qalampirli gaz sepishgandi. O‘shanda nima bo‘lgandi? Kimlar jabr ko‘rgan?

— Bu yaxshi xotira emas. Ushbu o‘yin­ni eslashni istamayman. Futbol hamma uchun bayram. Bunday harakatlar esa uni buzadi. Keyinchalik «Boka Xuniors» muxlislari muammoga duch kelishganini bilaman. Umuman olganda, Argentinadagi ishqibozlik menga yoqadi. To‘g‘ri, hozir mehmon jamoa fanatlarini stadionga kiritishmayapti. Masalan, «River Pleyt» «Boka»ni qabul qilsa, tribunalarda faqat mezbon muxlislar o‘tiradi.

— Leandro Paredes bolaligidan Sebastyan Driussi bilan do‘st­ligini aytgandi. Ular notinch tumanda ulg‘ayishgan ekan. Sizning bolaligingiz qanday o‘tgan?

— Men ham notinch tumanda istiqomat qilganman. Lekin u yerni juda yaxshi ko‘raman. Chunki shu hududda uyim bor, o‘sha joyda tug‘ilganman va to‘qqiz yoshimgacha yashaganman. Bolalikda Driussi, Paredes va Matias Kranevitterlar bilan do‘stlashganmiz. Eng yoqimli tomoni, barchamiz hozir «Zenit» a’zosimiz.

— «River Pleyt»da Fernando Kavenagi bilan birga o‘ynagansiz. U «Spartak» va Rossiya haqida nimalarni aytgan?

— Umuman olganda, Rossiyani muhokama qilmasdik. Chunki u paytlarda yurtingizga kelish haqida o‘ylamasdim. Kavenagi - ajoyib inson. U bilan maydonda birga to‘p surganimdan faxrlanaman. Fernando futboldan ketgan bo‘lsada, aloqalarimiz uzilmagan.

— Sizni libero pozisiyasida o‘ynaydigan kelajak himoyachisi va pleymeyker deyishgandi. Bu so‘zlarni qanday qabul qildingiz?

— Albatta, maqtovlar yoqimli. Lekin hech qachon takabburlikka berilmaganman. Karles Puyol yoki Xerard Pike darajasidagi himoyachi bo‘lishni istayman. Buning uchun esa tinimsiz mehnat qilyapman.

— Sizni ilk bora Argentina terma jamoasiga chaqirishganida klubingiz safida birorta ham uchrashuv o‘tkazmagandingiz...

— Bu kunni hech qachon unutmayman - orzum ushalgan kun. O‘shanda 18 yoshda edim va «River Pleyt» safida debyut qilmagandim.

— Leo Messi bilan birga o‘ynab o‘zingizni qanday his qilgansiz? U qanday maslahatlar bergan?

— Jahonning eng yaxshi futbolchisi bilan o‘ynash - o‘zgacha hissiyot. Men va boshqa argentinaliklar uchun ham bu ertakning o‘zginasi. Messi - buyuk o‘yin­chi va yaxshi inson. Debyut o‘yinimdan oldin Lionel menga «Argentina terma jamoasi libosida birinchi bor maydonga tushyapsan. Lekin asabiylashma, tinchlan», degandi.

— Argentinani tark etib, «Lion» safiga qo‘shildingiz. Fransiyada ko‘p yillar qolishni maqsad qilgandingiz. Ammo oradan bir yil o‘tib u yerdan ketishga majbur bo‘ldingiz. Lionliklar bosh murabbiyi va prezidenti sizni asosiy tarkibda ko‘rmayotganliklarini aytishgach, o‘zingizni qanday his qildingiz?

— «Lion»da nima yuz berganini bilmayman. Lekin vaziyatni xotirjam qabul qildim. «Zenit»ga o‘tish imkoniyati tug‘ilganda esa bir daqiqa ham o‘ylab o‘tirmadim. Boz ustiga, bu yerda argentinalik do‘stlarim bilan birga o‘ynayman.

— Matbuotda yozilganidek, sizga top-klublar qiziqdimi?

— Qator takliflar orasidan «Zenit»nikini qabul qildim. Bir to‘xtamga kelish oson bo‘lmadi. Qolaversa, turmush o‘rtog‘im homilador edi. Ammo Fransiyada o‘ynaganimdan afsuslanmayman. Aslini olganda, «Lion»dan minnatdorman. Yevropaga o‘tish qiyin edi, lekin meni yaxshi qabul qilishdi. 20 yoshli futbolchi sifatida kerakli tajribaga ega bo‘ldim.

— Balki «Lion»da Matye Valbuena Rossiyadagi hayoti, «Dinamo»dagi faoliyati haqida gapirgandir?

— Yo‘q. Matye bilan boshqa jamoalarni muhokama qilmasdik.

— Sizga qanday taom yoqadi?

— Argentina oshxonasidan «milaneza»ni xush ko‘raman. Go‘shtni milancha uslubda pishiriladi. Umuman olganda esa, ovqat tanlamayman.

— Ektor Brakamonteni taniysizmi?

— Yo‘q.

— U Rossiya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi argentinalik to‘p­urar. Shuningdek, gitara chalishi bilan ham dovruq qozongan. Aytgancha, o‘zingiz musiqaga qiziqasizmi?

— Ba’zida pianino chalishga harakat qilaman. Ammo to‘g‘risini aytsam, ko‘ngildagidek chiqmaydi.

— Bolaligingizda onangizni, 15 yoshingizda otangizni yo‘qotgansiz.

— Har bir golimni ota-onam, rafiqam va farzandimga bag‘ishlayman. Ammo juda kam to‘p kiritaman.

— Ota-onangiz bilan bog‘liq eng muhim xotiralaringiz qaysi?

— To‘g‘risi, onamni unchalik eslay olmayman, chunki olti yoshligimda olamdan o‘tgan. Otam haqida esa xotiralarim bisyor.

— 16-17 yoshingizda depressiyaga tushib, futbolni tashlamoqchi bo‘lgan ekansiz. Ammo keyinchalik rafiqangiz, ya’ni o‘sha paytdagi qallig‘ingiz sizni qo‘llab-quvvatlagan ekan.

— Haqiqatan ham uning qo‘llashi meni oyoqqa turg‘azgan. Farzandimiz dunyoga kelganidan so‘ng munosabatlarimiz yanada iliqlashdi.

— Qaynotangizni otangizdek yaxshi ko‘rarkansiz...

— Bu haqiqat. U bilan munosabatlarimiz ajoyib. Yolg‘iz bo‘lishni yoqtirmayman. Shu bois ham turmush o‘rtog‘imning ota-onasi hamisha biz bilan birga.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:50, 25.08.2017.
O'qildi: 2393 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.