Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 saralash o‘yinlarini tomosha qiling

UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida JCH-2018 saralash o‘yinlarini tomosha qiling

Baho:
+4 | -

Kelasi yili Rossiya Federasiyasida to‘rt yillikning eng muhim musobaqasi — futbol bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Hozirda ana shu mundialga yo‘l olish uchun dunyoning barcha terma jamoalari o‘z qit’alarida saralash uchrashuvlarini o‘tkazishmoqda.

Mazkur nufuzli musobaqaga eng ko‘p yo‘llanma esa ko‘hna qit’a vakillariga nasib etadi va mundialda Yevropa terma jamoalari doimo favorit sifatida qayd etilishadi.

Ayni dam bu qit’ada saralash o‘yinlari o‘zining eng qizg‘in pallasiga kelgan. Guruhdan faqat bir jamoa to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘lgani sabab, Gollandiya, Italiya, Fransiya, Portugaliya kabi bir qator nomdor terma jamoalar JCH-2018ga chiqish uchun katta kuch sarflashlariga to‘g‘ri keladi.

UZREPORT TV telekanali ushbu saralash bahslariga muxlislar tomonidan bo‘lgan qiziqish yuqori bo‘lgani sabab, JCH-2018 Yevropa qit’asi saralash uchrashuvlari translyasiya huquqini xarid qildi.

31 avgust kuni Yevropa qit’asi saralash uchrashuvlarining 7-tur bahslari boshlanadi. Telekanalimiz muxlislari 7-turdan boshlab saralashning oxiriga qadar Yevropaning kuchli terma jamoalari ishtirokidagi barcha qiziqarli o‘yinlarni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallari orqali o‘zingiz muxlislik qiladigan jamoalaringizning saralash doirasidagi o‘yinlarini kuzatib boring!

Manba: uzreport.uz
Kiritildi: 17:18, 25.08.2017.
O'qildi: 11983 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик