Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Azamat Abduraimov: "O‘zbekiston termasini boshqarish men uchun sharaf"

Azamat Abduraimov: "O‘zbekiston termasini boshqarish men uchun sharaf"

Baho:
+3 | -

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib kelgusida Azamat Abduraimov tayinlanishi mumkinligi borasida norasmiy xabarlar paydo bo‘lgandi.

Shu xususda mutaxassisning o‘zi «Daryo» savollariga javob qaytardi.

"Bu borada menga hech kim rasmiy murojaat bilan chiqqanicha yo‘q. Biroq milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borish men uchun katta sharaf bo‘lardi" - dedi Azamat Abduraimov.

Intervyu davomida Abduraimov futbolchi sifatida Jahon chempionatida ishtirok etish uning uchun armon bo‘lib qolgani haqida aytib, bunga murabbiy sifatida erishish uning orzusi ekanligiga to‘xtaldi.

"Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabadan keyin futbolchi sifatida eng katta orzum mundialda to‘p surish edi. Biroq bu menga armon bo‘lib qoldi. Biroq murabbiy sifatida terma jamoamizni Jahon chempionatiga olib chiqib, muxlislarimizni xursand qilishni istagan bo‘lardim.

Kelajakda bosh jamoani boshqarish nasib qilsa, bor kuch va bilimimni safarbar qilishga harakat qilaman. Ishonamanki, 12 sentyabrdan keyin O‘FFning yangi rahbariyati mamlakat futbolida tizimli o‘zgarishlarni amalga oshiradi va uni sifatli darajaga ko‘tarish ishlarini boshlaydi" - dedi Azamat Abduraimov.

Abduraimov O‘zbekiston havo yo‘llari rahbarligini qabul qilib olgan Ulug‘bek Ro‘ziqulovning O‘FF prezidenti etib tayinlanishi mumkinligi borasidagi mish-mishlarga shunday javob berdi:

"Ro‘ziqulovni Andijondagi faoliyatim orqali yaxshi bilaman. U zamonaviy rahbar, futbolni yaxshi tushunadi. Menga Ro‘ziqulov bilan ishlash ancha oson. Bir vaqtlar aynan uning ko‘rsatmasi bilan Rossiyaga borib, Qurbon Berdiyev bilan uchrashgandim. O‘shanda ikki tomonlama hamkorlik borasida kelishuvga erishganmiz. Biroq «Rubin» bir necha oydan keyin Berdiyevni iste’foga chiqargach, rejalarimiz amalga oshmay qolgan.

O‘ylaymanki, Ro‘ziqulov nomzodi O‘FF uchun munosib bo‘lardi. Chunki u nafaqat futbolni sevadi, balki «Bunyodkor» faxriylari jamoasida to‘p tepadi ham" - dedi Azamat Abduraimov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:38, 25.08.2017.
O'qildi: 13636 marta.
Fikrlar: 22 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.