Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Arsen Venger: «O‘rinbosarim mendan kuchli bo‘lishi kerak»

Arsen Venger: «O‘rinbosarim mendan kuchli bo‘lishi kerak»

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Arsen Venger xatolari haqida gapirarkan, kelajak rejalari va o‘rnini egallaydigan mutaxassis bo‘yicha ham o‘z fikrlarini bildirdi.

Shartnomani uzaytirish haqida

- Balki qaror qabul qilishni cho‘zib yuborgandirman. Bir kun futbolchilar oldimga kelib shartnomam haqida so‘ray boshlashdi. Tan olaman, vaziyatning shunday tus olishiga o‘zim aybdorman. Kiyinish xonasida savollar yuzaga kelmasligi uchun oldinroq aniqlik kiritishim kerak edi. Yigitlarga qolgan bahslarda g‘alaba qozonishlari lozimligini aytdim. Agar bir qarorga kela olmasangiz, boshqa qator muammolar yuzaga keladi. Chunki vaqt o‘tgani bilan vaziyat o‘zgarmay qolaveradi. Bilsangiz, har bir mag‘lubiyat dahshatning o‘zginasi. Ayniqsa, klubda ko‘p yillardan buyon ishlasangiz. Rahbariyatning bunga qanday qarashidan yaxshi xabardorsiz. Shuningdek, fanatlarning munosabatidan ham. Mag‘lubiyat muxlislar uchun fojiadir. Chunki ularning dam olish kunlari qayg‘uga aylanadi. Ba’zida ko‘zlariga yosh ham keladi.

Futboldagi o‘zgarishlar haqida

- Shaxsan men uchun barchasi 2006 yilda o‘zgargandi: Angliya futboli jiddiy yangiliklarga qo‘l urgandi. «Arsenal» o‘shanda katta pullari bilan maqtana olmasdi. Shu sababli yulduz futbolchilarimizni sotishga majbur bo‘lganmiz. Boshqalar esa o‘sha o‘yinchilar hisobiga tarkiblarini kuchaytirishgan. To‘g‘risini aytsam, hech qachon buncha ko‘p ishlamagandim. O‘sha payt besh yillik shartnoma imzoladim. Rahbariyatning talabi shu bo‘lgandi. Biz yangi stadion qurdik va o‘sishni istaganmiz. Albatta, hech kim hech qanday kafolat bermagan. Lekin mazkur kelishuv men uchun yangi chaqiruv edi. Shu vaqt mobaynida amalga oshirgan ishlarimdan faxrlanaman.

Ishga munosabati haqida

- Hamisha o‘zimga bir savolni beraman. Hammasini to‘g‘ri qildimmi? Agar qayg‘uga botsam, e’tiborimni futbolga qarataman. Ko‘proq ishlashga intilaman. To‘g‘ri, tanqidlarga ko‘z yumib ketolmayman. Barcha murabbiylar singari fanatlar meni yoqtirishlarini istayman. Futbolda eng muhimi stresslarga bardoshli bo‘lishdir. Bu faqat murabbiyga tegishli emas.

O‘rinbosari haqida

- «Arsenal»ning keyingi bosh murabbiyi kim bo‘lishini aytish mening vazifam emas. Bu savolni rahbariyatga berish kerak. Asosiysi, o‘sha mutaxassis mendan har tomonlama kuchli bo‘lishini xohlayman. U jamoani yangi darajaga olib chiqsin. Aynan shunga umid qilaman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:17, 27.08.2017.
O'qildi: 3188 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.