"Sampdoriya" hujumchisi Patrik Shik faoliyatini "Roma"da davom ettirishga rozi bo‘ldi.
21 yoshli futbolchining "Roma"ga o‘tishi bilan bog‘liq rasmiyatchiliklar 2 kunda yakuniga yetishi kutilmoqda. Avvalroq u bilan "Yuventus" ham qiziqqan edi, ammo Shik tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tolmadi.
"Roma" Shik uchun 38 million yevro to‘laydigan bo‘ldi.