"Chelsi" hujumchisi Alvaro Morata Angliya premyer ligasiga moslashib ketish jarayoni haqida gapirdi.
"Men uchun jamoaning o‘yiniga moslashib ketish muhim. Bu osonmas: yangi mamlakat, boshqa til, futbolning yangicha uslubi.
Men Premyer-ligaga moslashib ketishim kerak. Ammo o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman.
Jamoadoshlarim ham tezroq moslashib ketishim uchun yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bu yerga kelganimdan xursandman" - dedi 24 yoshli hujumchi itv.com xabarida.