Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Anzur Ismoilov: Xitoyliklar legioner bilan o‘ynashga o‘rgangan. Terma jamoada qiyin bo‘ladi

Anzur Ismoilov: Xitoyliklar legioner bilan o‘ynashga o‘rgangan. Terma jamoada qiyin bo‘ladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Futbolchilar
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov JCH saralashi doirasida Xitoyga qarshi kechadigan o‘yin oldidan intervyu berdi. 

- Anzur, avvalo jamoadagi ichki muhit haqida bilmoqchi edik. Kayfiyat qanday?
- Juda yaxshi. Uzoq yo‘lga uchib kelish qiyin bo‘ldi, lekin dam olib, ancha o‘zimizga kelib oldik. Birinchi mashg‘ulot ham yaxshi o‘tdi. Hammasi joyida.
- Xitoy chempionati haqida juda yaxshi tasavvurga egasiz va terma jamoasini ham bilasiz. Nima deb o‘ylaysiz, bu raqibni yengsa bo‘ladimi va nimaning hisobiga yengish mumkin?
- Xitoyni yutsa bo‘ladi, albatta. Xitoy chempionatini ham, terma jamoasini ham yaxshi bilaman. Futbolchilarini yaxshi taniyman, ancha kuchli o‘yinchilar.  Ammo legionersiz ularga baribir qiyin bo‘ladi. Xitoylik futbolchilar legionerlar bilan o‘ynashga o‘rganib qolishgan. Klublarida asosan legionerlar orqali o‘yinlarni hal qilishadi. Terma jamoada ularga legionerlar yordam bera olmaydi, bu bizning foydamizga ishlashi kerak.
- Xitoy terma jamoasining asosiy kamchiligi shundami? Biz g‘alaba uchun qanday uslubda o‘ynashimiz lozim?
- Pressing qilsak yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayman. Tajovuzkor, agressiv o‘yin ko‘rsatsak, g‘alaba qozona olamiz.
- Xitoy terma jamoasi tarkibida yetakchi futbolchilar bormi? Ular haqida nima deya olasiz?
- Bor, albatta. Juda ham tezkor yarim himoyachi bor - Gao Li. Yaxshi futbolchilar ko‘p, ularga o‘yin bermasak, g‘alaba biz tomonda bo‘ladi.
- Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi haqida nima deya olasiz?
- Endi Lippini hamma yaxshi biladi. Lekin taktika masalasida qanday yo‘l tutishini aniq ayta olmayman, har holda yangi murabbiy. Faqat bir gapni aytishim mumkin, Lippi "Guanchjou"da ishlagan vaqtda yaxshi bilgan futbolchilarni terma jamoaga olgan. Ko‘proq o‘zi yaxshi bilgan o‘yinchilar bilan ishlashni istayapti.
- Anzur, nima deb o‘ylaysiz, ertaga bizga stadiondagi muxlislar halal bera oladimi? Har holda minglab muxlislar kelishi kutilyapti, stadionda muhit dahshatli bo‘ladi...
- Yo‘q, muxlislar bizga halal beradi, deb o‘ylamayman. Terma jamoadagi barcha futbolchilar professional va bunday atmosferaga o‘rganib qolgan. Bizning boshqa ilojimiz ham yo‘q, faqat g‘alaba qozonish kerak. Raqib muxlislari ko‘p bo‘ladimi yoki kam, baribir yutish shart.

 

 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 19:05, 30.08.2017.
O'qildi: 8918 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.