Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Marchello Lippi: "O‘zbekistonda JCHga chiqish uchun imkoniyatlar yaxshiroq"

Marchello Lippi: "O‘zbekistonda JCHga chiqish uchun imkoniyatlar yaxshiroq"

Baho:
+ | -

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Marchello Lippi va jamoa sardori Jeng Zi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“JCH saralash bosqichining so‘nggi ikki o‘yiniga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. O‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inida barcha futbolchilar o‘z imkoniyatini namoyish etdi. Shogirdlarimda g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlikni ko‘ryapman. Guruhdagi holatimiz yaxshi emas, ammo ertaga biz uchun so‘nggi imkoniyat.

O‘zbekiston terma jamoasi JCHga chiqish uchun bizdan ko‘ra yaxshiroq imkoniyatga ega ekanini bilamiz. Ammo biz ertaga ustunlikni qo‘lga olib, taktik o‘yinimiz orqali g‘alabaga erishishga harakat qilamiz.

O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan hayajondamanmi? Yo‘q, axir men professional murabbiyman. Xitoy termasi kundan kunga taktik jihatdan kuchayib bormoqda va men bundan mamnunman. Birgina narsadan qoniqish hosil qilmayapman – bu Xitoy termasining jahon reytingidagi o‘rnidan. Ishonchim komil, jamoa yaxshiroq natija qayd eta oladi va o‘zimizga bo‘lgan ishonch bunga yordam beradi”, – dedi italiyalik mutaxassis.

“Ertaga uyimizdagi oxirgi uchrashuvni o‘tkazamiz. Barchamiz ushbu o‘yinni sabrsizlik bilan kutdik. Ortda qolgan 8 uchrashuvda baland-paslarni boshdan kechirdik. Saralash bosqichidagi o‘yinlarning hech biri oson o‘tmadi. Nima bo‘lganda ham, ertaga g‘alaba uchun maydonga tushamiz”, – dedi 37 yoshli Jeng Zi.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 21:32, 30.08.2017.
O'qildi: 11968 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик