Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Samvel Babayan: "Marchello Lippining Xitoyni o‘z boshqaruviga olishi jamoaga ijobiy ta’sir qildi"

Samvel Babayan: "Marchello Lippining Xitoyni o‘z boshqaruviga olishi jamoaga ijobiy ta’sir qildi"

Baho:
+ | -

JCH–2018 turniriga saralash bosqichi “A” guruhi 9-turidan o‘rin olgan Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan va yarimhimoyachi Server Jeparov ishtirok etdi.

“Ertaga hammani – murabbiy va futbolchilarni muhim o‘yin kutib turibdi. Biz JCHga chiqish orzuziga erishishni istaymiz va hammamiz uchun imkoniyatlar yaratib bergan mamlakat oldidagi qarzimizni uzishimi kerak. Ayni vaqtda O‘zbekistonda sport, ayniqsa, yoshlar sportiga katta e’tibor qaratilmoqda.

Bevosita ertangi o‘yinga to‘xtaladigan bo‘lsam, biz kuchli raqibga qarshi o‘ynaymiz. Ayni vaqtda Xitoy futbolida katta o‘sishni ko‘rish mumkin. Klub miqyosida ham jamoalar xalqaro maydonda munosib ishtirok etmoqda. Bu mamlakatga kiritilayotgan sarmoyalar ham ulkandir. Xitoy termasini zamonamizning eng kuchli mutaxassislaridan biri – Marchello Lippi boshqarmoqda. So‘nggi paytlarda o‘yin sifati ustida ishladik va imkon qadar bara muammolarni bartaraf etdik. Ertaga maydonda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish qilamiz.

Toshkentdagi o‘yindan keyin Xitoy termasi murabbiyi almashdi va bu jamoaga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Raqibning so‘nggi o‘yinlarini kuzatdik. O‘yin sifati ancha kuchayganini aytish mumkin. Xitoy termasiga qarshi qiziqarli bellashuv guvohi bo‘lamiz. Bugun Janubiy Koreya haqida emas, faqatgina Xitoyga qarshi o‘yin haqida o‘ylaymiz. Barcha e’tibor ertangi o‘yinga qaratilgan.

Xitoy termasidan farqlik ravishda, O‘zbekiston terma jamoasining bir necha nafar futbolchisi chet el chempionatlarida to‘p suradi. O‘zbekiston Futbol Federasiyasi tayyorgarlik ko‘rish uchun barcha imkoniyatlarni yaratgan, biroq legioner futbolchilar har doim ham bir vaqtda bizga qo‘shila olmaydi.

Uxanga kelishdan oldin ob-havo nisbatan nam bo‘lishini aytishgandi. Biroq biz bu yerga yetib kelganimizda havo iliq ekaniga amin bo‘ldik. Xitoy chempionatida to‘p surayotgan 3 nafar futbolchimizdan raqib o‘yinchilari haqida yetarlicha ma’lumot oldik”, – dedi Samvel Babayan.

“Xitoy kuchli va yaxshi jamoa, ammo biz g‘alaba uchun keldik. Umid qilamanki, O‘zbekistonga a’lo kayfiyatda uchib ketamiz. Janubiy Koreyaga qarshi bellashuv ham biz uchugn muhim sanaladi”, – deya fikr bildirdi Server Jeparov.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy – O‘zbekiston uchrashuvi ertaga, 31 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. 

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 21:39, 30.08.2017.
O'qildi: 10203 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик