«Inter» klubi sport direktori Valter Sabatini yangi futbolchilarning xaridi haqidagi savolga javob berdi.
«Boshqa hech kimni xarid qilmaymiz. Yangi futbolchilarni kutmang. Biz pragmatik transfer kampaniyasini o‘tkazdik», - dedi mulozim «Inter» matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o‘tamiz, «Inter» yozda Joau Kanselu, Dalbert, Vesino, Borxa Valero va Padelli bilan shartnoma imzolagan edi.