Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Braziliyalik futbolchilar Parijni sevadi

Braziliyalik futbolchilar Parijni sevadi

Baho:
+ | -

«PSJ» va braziliyalik futbolchilar o‘rtasida doimo o‘zgacha munosabat saqlanib kelgan. Yulduzlar, superyulduzlar, oddiy futbolchilar, umuman, braziliyaliklar bu jamoada faoliyat yuritishgan. Ular orasida Pele birinchi bo‘lishi mumkin edi.

1971 yili parijliklar elitaga yo‘l olib, debyutlarini o‘tkazishga shaylanayotgandilar. O‘shanda «Santos» bilan futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchining transferini kelishib olishgan, gazetalar bu haqda tinmay yozishgandi. Bitim bo‘yicha hamma ishlar deyarli hal qilib bo‘lingandi.

Ammo so‘nggi lahzada Pele qarorini o‘zgartirib, vatanida qolishini bildirgandi. Quyidagi maqola «PSJ»ning braziliyalik futbolchilari haqida.

Joel KAMARGO (1971-1972)

Pele «PSJ» taklifini rad etganidan yarim yil o‘tib, «Santos»dan 1970 yilgi jahon chempioni - himoya­chi Joyel Kamargo tarkibga qo‘shib olindi. To‘g‘ri, u mundial ishtirokchilari orasida asosiy o‘yinchilardan bo‘lmagan, ammo o‘sha yilgi tengsiz jamoaning bir qismi edi.

Futbolchi Parijda bor-yo‘g‘i ikki oy bo‘lib, atigi ikkita uchrashuvda to‘p surdi. Murabbiy rejalaridan chiqib qolgan Kamargo keyinchalik o‘z vataniga ravona bo‘ldi.

Rikardo GOMES (1991-1995)

O‘tgan asrning 80-yillarida «PSJ» Fransiya elitasiga qaytib, o‘zining birinchi chempionligini nishonlagandi. 80-90-yillardagi «PSJ» va «Marsel» o‘rtasidagi raqobat nafaqat mamlakat, balki butun Yevropani o‘ziga jalb etardi. Keyinchalik Marsel shahri vakillari kelishilgan o‘yinlar mojarosi sabab qo‘yi divizionga «badarg‘a» qilindi.

Buning natijasida «PSJ» qisqa vaqt davomida Fransiyaning birinchi raqamli jamoasiga aylangandi. O‘sha payt uning tarkibida braziliyalik yulduzlar ham bo‘lgan. Ulardan biri - markaziy himoyachi Rikardo Gomes. Bu futbolchi ma’lum vaqt davomida Braziliya terma jamoasiga sardorlik ham qilgan.

Faqat jarohatlar sabab 1990 va 1994 yillardagi mundialda ishtirok etolmagandi. Futbolchi «PSJ» bilan bir marta Fransiya chempionligini, ikki marta mamlakat kubogi va bir marta Liga kubogini qo‘lga kiritgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin esa yarim yil davomida klubga murabbiylik qilgan.

VALDO (1991-1995)

Rikardo Gomesdan so‘ng 1991 yili «Benfika»dan yarim himoyachi Valdo xarid qilindi. Ammo u Gomes kabi jamoa bilan yutuqlarni qo‘lga kirita olmadi. Valdoning parijliklar safiga kelib qo‘shilish qarori o‘zini oqlamadi va natijada, futbolchi yana Portugaliya klubiga qaytdi.

RAI (1993-1998)

Ajoyib pleymeyker, Braziliya terma jamoasi sardori, 1994 yilgi jahon chempioni hamda «PSJ» afsonasi. Bu futbolchi Yevropaning har qaysi top-klubida o‘ynashi mumkin edi. Ammo u Parijdan ketishni istamay, 1996 yili «PSJ» uchun hozircha Yevropa miqyosidagi yagona bo‘lib turgan yutuq - Kubok egalari kubogini qo‘lga kiritgan.

LEONARDO (1996-1997)

1994 yilgi mundialning yana bir chempioni. Leonardo «PSJ»da to‘liq bir mavsum o‘ynab, so‘ngra «Milan»ga yo‘l olgan. Futbolchi 2011 yili jamoaga qaytdi, faqat sport direktori sifatida. Ammo bu lavozimda ham ko‘p ishlamadi, aniqrog‘i, 2013 yilgacha faoliyat yuritdi.

VAMPETA (2001)

Vampeta Yevropada ishlari yurishmagan yarim himoyachilardan biri. Shunga qaramay, uning terma jamoadagi ishtiroki e’tirofga loyiq. Futbolchining «Inter»da ham, «PSJ»da ham faoliyati yaxshi kechmagan. Biroq 2002 yilda Braziliya termasi bilan jahon chempioni bo‘lgandi.

RONALDINYO (2001-2003)

Ronaldinyoni Yevropaga aynan «PSJ» tanishtirdi. Uning keyingi faoliyati jahonning eng kuchli klublaridan bo‘lmish «Barselona» bilan bog‘landi. Futbol afsungarining Kataloniyada qanday karomatlar ko‘rsatgani barchaga yaxshi ma’lum.

TIAGO SILVA, DAVID LUIZ, LUKAS MOURA va boshqalar

2011 yili qatarlik tadbirkorlar «PSJ»ni sotib olishgach, jamoa­ga yana mashhur braziliyalik futbolchilar jalb qilina boshlandi. Tiago Silva, Lukas Moura va Maksvell (joriy yozda faoliyatini yakunladi) kabilar jamoa safida 200dan ortiq o‘yin o‘tkazishdi. Keyinchalik bu ro‘yxat yana kengaydi.

Markinyos, David Luiz (hozirda «Chelsi» a’zosi) bu yozda esa Dani Alves va Neymar... «Braziliyaliklar va «PSJ» orasida alohida bog‘liqlik bor. Ular fransiyaliklar va Parijni sevishadi.

Har bir braziliyalik Fransiya poytaxtida bo‘lishni orzu qiladi»,-degandi Lukas Moura o‘z intervyusida. Kuchli braziliyaliklarni jamoa bir maqsad yo‘lida birlashtirmoqda. Albatta, «PSJ» Neymarni bejizga rekord summa evaziga sotib olmagan.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:57, 01.09.2017.
O'qildi: 5026 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.