Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Bugun 4 o‘zbekistonlik JCH finalida 4 nafar kubalik bokschiga qarshi jang qiladi

Bugun 4 o‘zbekistonlik JCH finalida 4 nafar kubalik bokschiga qarshi jang qiladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Bugun — 2 sentyabr kuni Germaniyaning Hamburg shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha navbatdagi Jahon Chempionati bellashuvlari o‘z yakuniga yetadi.

Uning finaliga 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi yetib keldi. Solishtirish uchun: 2 yil avval Qatarda o‘tgan Jahon Chempionatining finallarida o‘zbekistonliklar soni 3 nafarni tashkil qilgandi.

JCH finaliga eng ko‘p Kubadan bokschi yetib keldi — 7 nafar. O‘zbekiston bu borada ikkinchi ko‘rsatkich qayd etgan, qo‘shni Qozog‘istonning 3 nafar charm qo‘lqop ustasi oltin medallar uchun kurashni davom ettirmoqda.

Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston 3 ta oltin va 2 ta kumush bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lgan, 3 ta oltini bor Kuba 2-o‘rindan joy olgandi. Qozog‘iston termasi 1 ta oltin bilan 4-pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni 2 ta oltin bilan Fransiya yakunlagandi.
Quyida finallarda jang qiladigan o‘zbekistonlik sportchilarning raqiblari va to‘qnashuvlarning taxminiy vaqti taqdim etilgan.

21:00 — Hasanboy Do‘stmatov — Yoan Argilagos (Kuba) — 49 kg
21:20 — Jasur Latipov — Yosbani Veitia (Kuba) — 52 kg
22:20 — Iqbol Xoldorov — Endi Kruz Gomes (Kuba) — 64 kg
22:40 — Shahram G‘iyosov — Roniyel Iglesias (Kuba) — 69 kg

Boks bo‘yicha JCH bellashuvlarini o‘zbekistonliklar uchun UzReport telekanali namoyish etmoqda.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:21, 02.09.2017.
O'qildi: 9533 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик