Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Boks, JCH-2017. 52kg. Jasurbek Latipov kumush medaliga ega chiqdi

Boks, JCH-2017. 52kg. Jasurbek Latipov kumush medaliga ega chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Germaniyada o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik ikkinchi sportchi ham kumush bilan cheklanadigan bo‘ldi.

Vazni 52 kg.gacha bo‘lgan Jasurbek Latipov kubalik Yosbani Veytiaga qarshi jang olib bordi. Birinchi raundda bokschilar tengma-keng kurash olib borishdi, ammo keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, hakamlar bu raundni kubalikka taqdim etishgan. Ikkinchi bo‘limda Latipov to‘liq ustunlikka ega bo‘ldi va raundni o‘z foydasiga hal qildi. Ammo hal qiluvchi uchinchi raundda esa Veytia faolroq ishladi va ko‘proq zarba berishga muvaffaq bo‘ldi. Bir vaziyatda Jasurbekning tizzalari ringga tekkani uchun referi nokdaun hisobini ochdi.

Natijada hakamlarning baholari — 0:5 (28:29, 28:29, 28:29, 28:29, 27:30).

Shu tariqa, Jasurbek Latipov faoliyatida jahon chempionatining navbatdagi kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:33, 02.09.2017.
O'qildi: 7768 marta.
Fikrlar: 14 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик