Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«0»dan «400»gacha yoxud futbolkalardagi raqamlar haqida

«0»dan «400»gacha yoxud futbolkalardagi raqamlar haqida

Baho:
+ | -

Bu narsa o‘ylab chiqilganligining sababi, bir futbolchini boshqasidan ajratib olish edi, albatta. Chunki o‘sha payt aksariyat muxlislar yaxshi yoki yomon o‘ynayotgan futbolchilarni tezda ajratolmasdilar. Ilk vaqtlarda futbolchilar asosan «1»dan «11»gacha bo‘lgan raqamlar ostida maydonga tushardilar. Lekin keyinchalik boshqa raqamlar ham muomalaga kirdi. Hozirda asosan «1»dan «99»gacha bo‘lgan raqamlardan foydalanishadi. To‘g‘ri, shuning barobarida noodatiy raqamlar ham uchrab turadi. Yaqin o‘tmishda Shotlandiyaning «Aberdin» klubi a’zosi Xishem Zeruali hammani ajablantirgan holda maydonga «0» raqamida tushgan. Muxlislar hatto erkalab, unga «Zero», deb laqab qo‘yib olishgan.


«1» raqami odatda darvozabonlarga tegishli bo‘ladi. Shu sababli ham bu raqamda boshqa amplua vakillarini uchratish noodatiy hisoblanadi. Masalan, o‘z vaqtida «Charlton» a’zosi Styuart Balmer, «Slima Uonderers» klubi vakili Jo Brinket, «Partizan» futbolchisi Simon Kukchevich va AYEKda faoliyat yuritgan Pantelis Kafes darvozabonlarning raqamlarida maydonga tushishgan. Shuningdek, Chiapassko shahrining «Yaguar» jamoasida to‘p surgan Adolf Bautista Meksika futbol federasiyasi ruxsatiga ko‘ra, «1» raqamida to‘p surgan. Keyinchalik u Gvadalaxaraning «Deportivo» klubiga o‘tgan va «100» raqami ostida maydonga tushgan.

1996|1997 yillar mavsumida Meksikaning «Monterrey» klubi o‘zining yetakchi futbolchilaridan biri - Xesus Arelyanoga «400» raqamini bergan. Buning sababi shuki, futbolchining ona shahri o‘zining 400 yillik yubileyini nishonlayotgan edi. Braziliyaning «Goyas» jamoasi darvozaboni Xarli ham 400-yubiley o‘yinida aynan shu raqamli futbolkadan foydalangan. Avs-triyalik Andreas Xersog terma jamoadagi o‘zining 100-o‘yinida egnidagi libosga 1 va 2ta nolni yozib, muxlislarni hayratga solgandi.

1958 yilgi jahon chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasi darvozaboni Jilmar «3» raqami ostida harakatlangan. Gollandiya terma jamoasi golkiperi Yangblad esa mundialda «8» raqami ostida ishtirok etgan.

2011 yilgi Osiyo kubogida hamyurtlarimizning yarim finalga chiqishlarida katta xizmat qilgan Ulug‘bek Baqoyev hujumchilar uchun noodatiy «2» raqamida 2ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urgani barchamizga ma’lum.

Yaponiyada ko‘plab futbolchilar 4 - raqamli libos ostida o‘ynashdan bosh tortishadi. Fonetika nuqtai-nazaridan, «kunchiqar mamlakat»da «4» raqami «o‘lim» so‘zi bilan ma’nodosh. Shu tufayli yapon futbolchilari bu raqamni xosiyatsiz sanab, undan yiroqroq yurishadi.

Chililik Ivan Samorano «Real»dan Milanning «Inter» klubiga o‘tgach, o‘zining sevimli raqami - «9»dan foydalanardi. Lekin keyinchalik jamoaga Ronaldo kelgach, Samoranoning raqamini braziliyalik futbolchiga berishdi. Shunda «Ivan Grozniy» «18»ni o‘ziga oldi, faqat raqamlar orasiga «}» belgisini qo‘shib qo‘ydi.

Davomi>>>

Kiritildi: 21:07, 03.09.2017.
O'qildi: 7242 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.