Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Shin Te Yong: «Eronni yutganimizda hozir yurak hovuchlab turmagan bo‘lardik»

Shin Te Yong: «Eronni yutganimizda hozir yurak hovuchlab turmagan bo‘lardik»

Baho:
+ | -

Toshkentda mashg‘ulotlarga zo‘r berayotgan Janubiy Koreya bosh murabbiyi Shin Te Yong koreys OAV vakillariga fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Futbolchilar parvoz davomida biroz charchashdi. Biz ularning jarohat olmasliklari uchun alohida dastur bo‘yicha shug‘ullanayapmiz", — gap boshladi Shin Te Yong. "Eronni bir o‘yinchi ko‘p bo‘lib ham yenga olmadik. Biz shu o‘yinda qanday xato qildik deya izlanyapmiz. Agar o‘shanda 1tagina gol ura olganimizda hozir yurak hovuchlab turmagan bo‘lardik. Men buning uchun afsusdaman. Shogirdlarim yaxshi o‘ynashyapti. Lekin keling tan olaylik, "Seul Uorld Kap"ning chimi judayam yomon holatda. Bu eng katta sabablardan biri".

Hozir Janubiy Koreya terma jamoasining holati ham O‘zbekistonnikidan ortiq emas. Agar koreyslar Toshkentda durang qayd etishsa va Suriya Eronni mag‘lub etsa - Janubiy Koreya to‘plar nisbatiga ko‘ra guruhda 3-o‘ringa qulaydi. Shuning uchun ularni Toshkentda faqat g‘alabagina qutqarib qolishi mumkin. Shu jumladan, O‘zbekistonni ham...

Bu haqda Shin Te Yong shunday dedi: "Eng kamida yutqazmaslikni maqsad qilib turibman. Eron bizga qarshi o‘ynagani kabi o‘ynashimiz lozim. Ya’ni, xotirjam va yo‘qotadigan narsamiz yo‘qdek. Durang yoki gol o‘tkazmagan holdagi g‘alaba biz uchun yaxshi bo‘lardi".

Jamoa sardori Ki Song Yongning maydonga tushish imkoniyati haqida koreyslar bosh murabbiyi: "Qanchalik yaxshi futbolchi bo‘lmasin hamma narsaning vaqti-soati bor. Qanchalik qiyin vaziyatda bo‘lmaylik Ki Song Yongni avaylashimiz kerak deb o‘ylayman. U maydonga tushaman deb rosa intilyapti. Men uning harakatchanligini qadrlayman. Ammo bitta o‘yin bilan hamma narsa tugadi degani emas. Albatta u maydonga tusha olsa faqat xursand bo‘laman. Lekin buni o‘ylab ko‘rish kerak. O‘ng qanot himoyachimiz Chxve Chol Sun kartochkasi sabab maydonga tusha olmaydi. Uning o‘rniga Ko Yo Han ("Seul") tushishi deyarli aniq. Qolgan gaplar sir",dedi.

O‘zbekiston darvozasini eng ko‘p ishg‘ol etgan Li Dong Guk haqidagi savolga Shin Te Yong shunday dedi: "Safimizda o‘zbeklar darvozasiga ko‘p gol urgan futbolchilar borligi quvonarli. Li Dong Guk endi yosh emas. Har bir futbolchida yosh o‘tgani sayin tezlik pasayadi, lekin tajriba oshadi. Vaziyatga qarab Li Dong Gukdan foydalanamiz".

Otabek Yo‘ldoshev
Janubiy Koreya, Seul

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:21, 04.09.2017.
O'qildi: 7388 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик