Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Konstantin Genich: "O‘zbekistonni jahon chempionatiga chiqarish uchun Toshkentga ketyapman"

Konstantin Genich: "O‘zbekistonni jahon chempionatiga chiqarish uchun Toshkentga ketyapman"

Baho:
+ | -

Ertaga, 5 sentyabr kuni JCH-2018 3-saralash guruh bosqichining so‘nggi turida O‘zbekiston o‘z maydonida Janubiy Koreyani qabul qiladi.

Mazkur o‘yinga bo‘lgan qiziqish juda yuqori. Chunki ayni paytda raqiblar orasida bir ochko farq bor xolos va har ikki jamoaning jahon chempionatiga chiqish taqdiri ertangi kundagi o‘yin natijasiga qarab belgilanadi.

Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekiston–Janubiy Koreya uchrashuvini Rossiyaning mashxur sharhlovchilaridan biri hisoblangan Konstantin Genich Toshkentda turib sharhlab boradi.

“O‘zbekistonni JCH-2018ga olib chiqish uchun Toshkentga uchib ketyapman”, deya xabar qoldirdi Konstantin Genich ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Konstantin Genich “Match TV” telekanali sharhlovchisi hisoblanib, ushbu kanal tasarrufidagi “Futbol” kanallarida Ispaniya chempionati mutaxassisi sanaladi.

Uchrashuv “Sport TV” telekanali orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda translyasiya qilinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, uchrashuvni o‘zbekistonlik taniqli sharhlovchi Murod Rizayev ham sharhlab boradi.

Shuningdek, bugun, 4 sentyabr kuni O‘zbekiston va Janubiy Koreya terma jamoalari o‘rtasida kechadigan o‘yin oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumani Toshkent vaqti bilan soat 17.30 da “Sport” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda olib ko‘rsatilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya “A” guruhining 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Eron bilan durang o‘ynadi (0:0). Suriya terma jamoasi esa Qatarni 3:1 hisobida mag‘lub etdi va uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi bahsda Janubiy Koreyani mag‘lub etgan taqdirda ham Suriya termasi Eron ustidan g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionatiga yo‘l oladi.

O‘zbekiston–Janubiy Koreya terma jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv, ertaga 5 sentyabr kuni 20:00 da “Bunyodkor” stadionida boshlanadi.

 

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 18:15, 04.09.2017.
O'qildi: 17968 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.