Ispaniya La Ligasi rahbariyati "Manchester Siti" va PSJ klublari ustidan ish ochilishiga erishgan.
Associated Press xabariga ko‘ra, La Liga rahbariyati UYEFA tashkilotiga murojaat qilib, har ikkala klub faoliyatining moliyaviy feyr-pleyga qanchalik mos ekanini tekshirishni so‘ragan.
"Bu klublar homiy davlatlardan pul olmoqda va futbolga zarar yetkazmoqda. Ularning bu ishiga qarab turolmaymiz" - dedi La Liga rahbari Xavyer Tebas rasmiy murojaatda.