Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma - Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Fergyuson qanday qilib Ronalduni erkak qilgani ma’lum bo‘ldi

Fergyuson qanday qilib Ronalduni erkak qilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+1 | -

«Manchester Yunayted» klubining sobiq murabbiylaridan biri Toni Koton hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida qiziq ma’lumotlarni yetkazdi.

«Ronaldu "MYU" klubiga kelganida, har bir to‘qnashuvda yiqilish odati bor edi. Shundan so‘ng, Fergyuson uni chidamli futbolchi qilib tarbiyalashga qaror qildi.

Ikki tomonlama o‘yinlarimizda, hakamlarga Ronaldu yiqilgan har qanday holatda ham jarima zarbasi belgilamaslik vazifasi topshirildi. Albatta, Krishtianuga bu haqda hech narsa aytilmadi.

Natijada, Ronalduga qarshi qoida buzilsa ham, hakam o‘yinni to‘xtatmadi. U esa portugal tilida bir narsalarni baqirib, yerda o‘tirganicha qolib ketaverardi.

Ronalduni qayta tarbiyalash qiyin bo‘lgan. Ammo Fergining bu uslubi o‘z mevasini berdi», - dedi Koton Goal xabarida.

 

Manba: footballhd.ru
Kiritildi: 12:11, 05.09.2017.
O'qildi: 30785 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.