Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

O‘zbekiston – Janubiy Koreya: qimmat chipta, qimmatbaho tarkib

O‘zbekiston – Janubiy Koreya: qimmat chipta, qimmatbaho tarkib

Baho:
+ | -

Bugun, 5 sentyabr kuni  muxlislar “Bunyodkor” stadioniga faqat g‘alaba qozonilgan tomosha qilish uchun tashrif buyurishadi.
 
O‘zbekiston terma jamoasi oldida “so‘nggi jang” qoldi. Mag‘lubiyatlarga o‘rganib qolgan muxlislar so‘nggi umidni O‘zbekiston–Xitoy uchrashuvida ishlatib bo‘lishgandi.
 
Ammo, sabrli o‘zbekistonlik muxlislar hatto chiptalar o‘z narxidan ikki barovar (100 ming) qimmat bo‘lsada terma jamoa o‘yinini stadiondan turib ko‘rishga oshiqmoqdalar. Qimmat chiptalar, o‘zingizga ma’lum, “qo‘ldan qo‘lga” sotiladigan chiptalardir.
 
O‘zbekistonning barcha hududlaridan to‘lib-toshib kelayotgan futbolning ashaddiy muxlislari bugun o‘zlarini yo xafagarchilik, yo xursandchilikdan to‘xtata olishmaydi, deb taxmin qilamiz... Uchinchi taxminga esa xojat yo‘q!
 
Albatta, birinchi holatdan ko‘ra ikkinchisi o‘zbekistonliklar uchun yoqimlidek tuyuladi. Qimmat chiptaning narxi esa jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritilgandan so‘ng yoddan chiqishi haqiqatga yaqin.

Shuning uchun bugun O‘zbekiston terma jamoasidan so‘raladigan so‘nggi murojaatimiz shundan iboratki, koreyalik futbolchilar ustidan g‘alaba qozonilishi shart! FAQAT VA FAQAT G‘ALABA, bundan boshqa natija hech kimni qoniqtirmaydi!
 
Futbol ishqibozlari hatto bosh murabbiy Samvel Babayandan hech qanday taktika yoki murabbiylik vaznini kutmay qo‘yishdi. Aksariyat hollarda uning bor yoki yo‘qligi endi hech kimga qiziq yoki muhim emas. Asosiysi futbolchilar yuragida istak ilinji bo‘lsa yetadi. Qolganini peshonadan ko‘ramiz...

Albatta, Xitoydagi mag‘lubiyatdan so‘ng muxlislarni bugun kimlar asosiy tarkibda maydonga tusharkin, yana tarkib tanlashda qanday xatolar bo‘ladi, degan savol qiziqtirayotgan bo‘lishi mumkin.
 
Ishonamizki, biz futbolda murabbiy bo‘lib ishlamagan bo‘lsakda, ammo futbolni mantiqan tushunamiz va taxmin qila olamiz.
 
Balki shu sabab asnosida “Qalampir.uz” jamoasi koreys futbolchilari ustidan g‘alaba qozonishi mumkin bo‘lgan taxminiy tarkibni tuzib chiqdi.  

Unga ko‘ra, darvozani Ignatiy Nesterov himoya qiladi va O‘zbekistonda futbol sporti qahramoni bo‘lish uchun bor kuchini ishga soladi. Har holda unga ishonch bildiramiz.
 
Himoya chizig‘iga Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Davron Hoshimov va jahon chempionatiga chiqishni eng ko‘p istayotganlardan biri Vitaliy Denisov maydonga tushishsin.
 
Yarim himoyada Odil Ahmedov, Fozil Musayev, Sardor Rashidov, Eldor Shomurodov maydonga tushsa yaxshi bo‘lardi.
 
Server Jeparov esa o‘yindan oldin darvozaga to‘g‘ri zarba yo‘llashga va’da bersin!
 
Hujum chizig‘i, ya’ni gol urilishi kerak bo‘lgan futbolchilarning o‘rni bo‘lib, bu nuqtani terma jamoada gol urishni qoyillatadigan — Aleksandr Geynrix ilk daqiqalardan to‘ldirsin!
 
Agar Geynrix charchab qoladigan bo‘lsa, Temurxo‘ja Abduholiqov zahiradan yoki Eldor Shomurodov yagona hujumchi vazifasini bajarsin.
 
Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, bugun qanday tarkib yoki taxmin bilan bo‘lsada, biz faqat bir so‘zni baralla aytishga tayyormiz  G‘ALABA!!!
 
Tahririyatimiz O‘zbekiston terma jamoasiga muhim o‘yin oldidan yuksak ishonch va omad tilab qoladi!
 
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston–Janubiy Koreya uchrashuvi mahalliy vaqt bilan soat 20:00 da “Bunyodkor” stadionida start oladi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 17:41, 05.09.2017.
O'qildi: 11983 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик