Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Samvel Babayan — o‘zbek futbolining go‘rkovi

Samvel Babayan — o‘zbek futbolining go‘rkovi

Baho:
+ | -

Hammasi o‘sha mash’um tarixdan boshlandi. Aniqrog‘I, bizni quvontirgan xabarning ketidan noxushxabar keldi. Mirjalol Qosimovning iste’foga chiqishi bizni quvontirgandi o‘shanda, Samvel Babayanning bosh murabbiy etib tayinlangani esa umuman kutilmagan va tushunarsiz holat bo‘ldi. Ko‘nglimiz bir g‘ashlikni sezgan ekan. O‘shanda Babayanning terma jamoa murabbiyi etib tayinlanishi o‘zbek futbolining tanazzuli yo‘lida tashlangan dastlabki qadam bo‘lgandi. Buni o‘shanda Babayanni terma jamoa murabbiyi qilib tayinlaganlar ham vaziyatning shunday tus olishini tusmollashgan, axir menejer murabbiy bo‘la olmasligini futbolni tushunmaganlar ham biladi, vaholanki, o‘zbek futbolini futbolni tushunadiganlar boshqaryapti-ku!

AYYORONA START

Samvel Babayan bosh murabbiy etib tayinlangach, ko‘pchilik bundan norozi bo‘lgandi. Biroq keyinchalik terma jamoamiz shunaqangi raqiblar bilan o‘ynadiki, biz bu raqiblarni murabbiysiz ham mag‘lub etardik. Shimoliy Koreya ustidan qozonilgan g‘alaba esa shunchaki oldingi murabbiylardan qolgan taktika asorati edi. Xullas, kuchsiz raqiblar tanlandi, terma jamoamiz bunday kuchsiz raqiblarni, tabiiyki, mag‘lub etdi va bunday soxta g‘alabalar yordamida Babayan salkam daho darajasiga chiqarildi. Chunki Samvel Babayan boshchiligida terma jamoamiz o‘ziga xos mag‘lubiyatsiz seriyani ham vujudga keltirgandi, biroq bora-bora asl vaziyat oydinlasha bordi.

INQIROZNING BOSHLANISHI

Samvel Babayan terma jamoaga o‘zining tushunarsiz taktikasini singdira borgani sari terma jamoaning o‘yini kuchsizlasha bordi. Avvalo, Samvel Babayan tarkibni o‘ta jinnicha holatga keltirdi. Biz shu paytgacha umuman ko‘rmagan allaqanday Aleksandr Lobanov qisqa muddat ichida terma jamoaning asosiy posboniga aylandi. Babayanning nega bunday ahmoqona qarorga kelganini esa uning o‘zi va Yaratgan Egam biladi, xolos. Shunisi aniqki, u bunday qarorga terma jamoa manfaatini o‘ylab kelgani yo‘q, chunki asosiy tarkibga munosib bo‘lmagan va ishonchni oqlamagan darvozabonni asosiy tarkibga joylashtirish terma jamoaga faqat va faqat zarar keltiradi. Babayan buni bilardi, keyinchalik ishonch hosil qildi ham, ammo u shunchaki terma jamoaning g‘alaba qozonishi kerakligi haqidagi tushunchalarga tupurib qo‘ydi, Lobanov terma jamoani inqirozga yetaklagan omillardan biri bo‘ldi.

Keyin esa qayerdandir Sergeev paydo bo‘ldi. Babayan esa bu futbolchini terma jamoaning asosiy tarkibiga muhrlab qo‘ydi. Bu qaror esa keyinchalik shunaqangi zarar keltirdiki... Eng alam qiladigani Xitoyga qarshi o‘yinda ikki yildan beri biror marta gol urolmagan Sergeev tushirildi va kutilganidek ishonchni oqlamadi, qulay vaziyatlarni ko‘kka sovurdi. Oqibatda Xitoy birgina vaziyatdan foydalanib, g‘alabani ilib ketdi. Natijada ahvolimiz yanada og‘irlashdi. Oldinda bizni Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin kutib turardi va bu o‘yinda g‘alaba qozonishga majbur edik. Odatda, murabbiy bunday vaziyatlarda ishonchni oqlaydigan futbolchilarni asosiy tarkibda maydonga tushiradi. Biroq Samvel Babayan yana terma jamoamizga xoinlik qildi, nomardlik qildi. Asosiy tarkibda yana Sergeev maydonga tushirildi. Ba’zida Babayanni aynan Sergeev yoki boshqa ba’zi futbolchilarning terma jamoa asosiy tarkibida o‘ynashi uchun yollangan ishchiga o‘xshataman. Chunki Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda ham Sergeevning asosiy tarkibda maydonga tushirilishini boshqacha izohlay olmayman. Qani Temurxo‘ja Abduxoliqov? Qani Fozil Musayev? Bizningcha, nafaqat Samvel Babayan, balki butun boshli murabbiylar shtabi terma jamoaning manfaatiga tupurib qo‘ygandek. Chunki Sergeev yoki Lobanovning terma jamoa darajasidagi o‘yinchi emasligini yordamchi murabbiylar yaxshi bilishardi, biroq ular ham miq etishmadi, aksincha, tashabbus ko‘rsatishgandir, balki. Nima bo‘lganda ham aynan murabbiylar shtabining uquvsizligi, savodsizligi, vijdonsizligi tufayli Janubiy Koreyaga qarshi juda nochor tarkib tanlandi. Igor Sergeev o‘ynagan daqiqalar ko‘kka sovurildi, Akmal Shorahmedovning esa hech narsadan hech narsa yo‘q jo‘natib yuborilib, o‘rniga jarohatidan endigina qutulgan Davron Hoshimovning tushirilishi esa o‘zbek futbolining, terma jamoa taqdirining ustidan ochiqchasiga kulish bo‘ldi. Davron Hoshimovning asosiy tarkibda tushishi terma jamoaning manfaatidan ustun keldi. Sergeev haqida ham xuddi shunday deyish mumkin,

Alam qiladigani, kecha Janubiy Koreya jon kuydirib o‘ynagani yo‘q. kecha Janubiy Koreya g‘alaba uchun harakat qilmadi. Agar astoydil o‘ynaganida koreyslar kamida 2 ta gol urishardi. Lekin raqib bizga imkon berdi, biz esa ayrim oyog‘I qiyshiqlarning kasriga qoldik, hatto ikkinchi bo‘limda Geynrixning zarbasini inobatga olmaganda tuzuk zarba ham bera olmadik. Natijada bizni mutlaqo qoniqtirmaydigan durang qayd etildi. Eng qizig‘I, hayot-mamot o‘yinida urush o‘chog‘ida yashayotgan suriyalik futbolchilar Eron darvozasiga ikkita gol kiritdi. Bizning futbolchilar esa to‘qlikka sho‘xlik qilib, tarallabedod qilishdi. Yo‘qsa Xitoyga yutqazganlaridan keyin samolyotda bemalol o‘yin o‘ynashmasdi, bir dunyo sovg‘a-salom olish esa ko‘nggillariga sig‘masdi. Samvel Babayan esa aynan terma jamoa uchun qayg‘ura olmaydigan futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qildi, axir o‘zi ham terma jamoamiz uchun qayg‘urmasdi-da!

Xullas, Samvel Babayan o‘zbek futbolini qutqarish uchun kelgandi, biroq umuman qutqarib bo‘lmaydigan holga solib ketdi. Babayan o‘zbek futbolining go‘rkoviga aylandi. Hayronman shunday sharmandagarchiliklardan keyin murabbiylar va futbolchilarimiz qanday bosh ko‘tarib yurisharkin? Yoki shunchalik bezlashib ketdikmi?

Endi keyingi mundialni kutamiz. Ungacha Babayanning ketishi aniq, bizningcha. Faqat o‘zbek futboli rahbariyatidan ham talab, ham iltimos, Babayanning o‘rniga chinakam mutaxassisni olib keling, ishqilib, bu safar mexanik yoki santexnikni murabbiy qilib tayinlamang. Axir shuncha odamning nafratiga takror va takror qolishni istamassiz...

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 00:33, 06.09.2017.
O'qildi: 28587 marta.
Fikrlar: 38 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик