Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Anxel Di Mariya Venesuelaga (1:1) qarshi JCH-2018 saralash o‘yinini oxiriga yetkaza olmadi.
29 yoshli futbolchi 25-daqiqada jarohat olib, maydonni tark etdi.
Fox Sports xabariga ko‘ra, Di Mariya "albiseleste" libosida jami 88ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, shulardan 45tasida almashtirilgan. Bu esa Argentina futboli rekordidir.