"Barselona" yarimhimoyachisi Andres Inyesta prezident Jozep Bartomeuning gaplarini tasdiqlamadi.
Ma’lumki, avvalroq mulozim Inyesta bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib qo‘yganini aytgan edi.
"Men yangi shartnomani kelishib oldim deb aytolmayman. Bu yolg‘on" - dedi Inyesta Football Espana xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 33 yoshli Inyestaning "Barselona" bilan imzolagan shartnomasi 2018 yil yozigacha amal qiladi. Avvalroq u jamoani tark etishi mumkinligi haqida gapirgan edi.