Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Lids 3-1 Byornli
02/05 00:00 Jirona 0-1 Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal 5-1 Levante
02/05 18:00 Udineze 2-0 Torino
02/05 19:00 Dinamo 3-1 Mash’al
02/05 19:00 Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
02/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Sanderlend
02/05 19:00 Brentford 3-0 Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl 3-1 Brayton
02/05 19:15 Valensiya 0-2 Atletiko
02/05 21:00 Komo 0-0 Napoli
02/05 21:30 Arsenal 3-0 Fulhem
02/05 21:30 Alaves 2-4 Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta 0-0 Jenoa
03/05 00:00 Osasuna 1-2 Barselona
03/05 15:30 Bolonya - Kalyari
03/05 17:00 OKMK - Neftchi
03/05 17:00 Selta - Elche
03/05 18:00 Qo‘qon-1912 - Bunyodkor
03/05 18:00 Bornmut - Kristal Pelas
03/05 18:00 Sassuolo - Milan
03/05 19:15 Surxon - Paxtakor
03/05 19:15 Xetafe - Rayo Valyekano
03/05 19:30 Man. Yunayted - Liverpul
03/05 21:00 Yuventus - Verona
03/05 21:30 Betis - Real Ovyedo
03/05 23:00 Aston Villa - Tottenhem
03/05 23:45 Inter - Parma
04/05 00:00 Espanyol - Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm - Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv - Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi - Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf - Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Van Damm va Yemelyanenko Toshkentga kelmaydi

Van Damm va Yemelyanenko Toshkentga kelmaydi

Baho:
+ | -

Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida 9 sentyabr kuni o‘tkazilishi kutilayotgan miks-silat bo‘yicha Asian Fight—2017 xalqaro turnirining mashhur mehmonlari ro‘yxati o‘zgardi.

Musobaqa tashkilotchilarining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, avvalroq Toshkentga kelishi aytilgan Gollivud yulduzi, jang san’ati ustasi Jan Klod van Damm va rossiyalik Fyodor Yemelyanenko Asian Fight mehmoni bo‘lmaydi.

Xabar berishlaricha, van Damm og‘ir betob qolgan, shu bois O‘zbekistonga kela olmasligini ma’lum qilgan. Yemelyanenkoning kelmasligi sabablari esa aytilmagan. «Jeff Monsonning kelishi aniq edi», — deyiladi musobaqa tashkilotchilari tomonidan tarqatilgan xabarnomada.

Van Damm o‘rniga Gollivudning boshqa bir aktyor, jang san’ati ustasi Stiven Sigal taklif qilingan. «Sigal 8 sentyabrdan 10 sentyabrga qadar Toshkent shahrida turnir doirasidagi tadbirlarda ishtirok etadi», — deyiladi rasmiy xabarnomada.

Rossiya estrada guruhlaridan biri «Lok Dog» esa musobaqaning «musiqiy sovg‘asi» sifatida e’tirof etilmoqda. Shou-dasturda bir qator o‘zbek estrada yulduzlari ham qo‘shiq aytishi kutilmoqda.

Avvalroq katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan musobaqa chiptalari 24 avgustdan sotuvga chiqarilgani, chiptalar sektoriga qarab 50 ming, 70 ming, 100 ming, 150 ming va 300 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etishlaricha, mazkur xalqaro musobaqa O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Sharq yakkakurashlari va jang san’atini rivojlantirish markazi, O‘zbekiston Penchak-silat federasiyasi va Sunrise Entertainment kompaniyasi hamkorligida tashkil etilmoqda, UzMobile uning bosh hamkori sanaladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:38, 06.09.2017.
O'qildi: 9445 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик