Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Terma jamoamiz bosh murabbiyligi uchun 6 nomzod

Terma jamoamiz bosh murabbiyligi uchun 6 nomzod

Baho:
+1 | -

Bugun terma jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan iste’foga chiqarildi. Navbatdagi sikl oldilan aksariyat jurnalistlar va muxlislar terma jamoaga chet ellik tajribali murabbiy tayinlanishi kerakligini aytishmoqda. O‘zbekiston futbol federasiyasi bu borada qanday fikrda ekanidan xabarimiz yo‘q. Katta ehtimol bilan ularda birorta fikr yo‘q bo‘lishi ham mumkin.

Chunki yaqinda O‘zbekiston Futbol Federasiyasida saylovlar bo‘lib o‘tib, yangi rahbariyat kelishi kutilmoqda.

Oradagi tanaffusdan foydalanib, keling, terma jamoamizni boshqarishga ko‘ndirish mumkin bo‘lgan, ya’ni hozirda hech qayerda ishlamayotgan, oldimizga qo‘yiladigan vazifalarga fikrimizcha, mos keladigan murabbiylar haqida gaplashamiz. 

Uli SHTILIKE

Fuqaroligi: Germaniya

Yoshi: 63 da.

Shtilike 1998-2006 yillarda Germaniya terma jamoasi sistemasida yordamchi murabbiy, yoshlar tarkibi murabbiyi sifatida ishlagan. Ya’ni, terma jamoalarning ishlash tizimi borasida yetarli tajribaga ega. Yangilanish davrida aynan mana shuni to‘g‘ri tushuna oladigan bosh murabbiy asqotgan bo‘lardi.

Uli shuningdek, Osiyo futboli bilan ham yaqindan tanish. U so‘nggi 3 yilda guruhdagi raqibimiz Janubiy Koreya terma jamoasini boshqardi. Bu davrda ikki bor terma jamoamiz bilan to‘qnash keldi va g‘alaba qozondi. Aytish mumkinki, terma jamoamiz imkoniyatlarini ham chamalay oladi, muzokaralarda bu jihat ham yordam berishi mumkin.

So‘nggi turlar oldidan koreyslar uni bo‘shatib yuborgan bo‘lishsa-da, terma jamoa muammosi faqat bosh murabbiy bilan bog‘liq emasligi sezildi. Janubiy Koreya terma jamoasi so‘nggi 2 o‘yinda mahalliy murabbiy qo‘l ostida o‘tkazib, birorta ham gol ura olmadi.

 

Guus HIDDINK

Fuqaroligi: Niderlandiya

Yoki: 70 da

Yangi asr boshlaridagi eng e’tiborli murabbiylardan biri. Ayniqsa, berilgan qisqa muddatlarda ham o‘yin sifatida, jamoaviy o‘yinni yo‘lga qo‘ya olishi bilan mashhur.

Niderlandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Rossiya kabi terma jamoalarda muvaffaqiyatli ishlagan.

Ayniqsa, bugungi terma jamoamizning tushkun kayfiyatiga mos keladi, qisqa vaqtda futbolchilarda ishonch uyg‘ota olishi, qiziqtirishi, terma jamoa atrofida ajoyib muhitni yaratishi mumkin. Esingizda bo‘lsa, o‘tgan mavsumda u muvaffaqiyatsizliklar botqog‘iga botib qolgan «Chelsi»ni qabul qilib, uzoq vaqt mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgandi.

E’tiborli jihati, Hiddink terma jamoamiz yetakchi futbolchisi Odil Ahmedov bilan juda yaxshi tanish, ular birgalikda «Anji» klubida ishlashgan. 

 

Mayk FELAN

Fuqaroligi: Angliya

Yoshi: 54 da

Eronliklar bosh jamoalari Aleks Fergyusonning shogirdini olib kelib, Osiyoning eng zo‘r, yengilmas jamoasiga aylantirib olishayotganda, nega biz ayni yo‘ldan bormasligimiz kerak, to‘g‘rimi?

Mayk Felan xuddi Karlos Keyrush singari, uzoq vaqt, salkam 15 yil «Manchester Yunayted» sistemasida ishladi. Fergyusonning so‘nggi yillarida uning birinchi yordamchisi sifatida faoliyat olib bordi.

Felan mustaqil faoliyat bilan shug‘ullanishga ham urinib ko‘rgan, jumladan, «Hall Siti», «Norvich» klublarida ishlashga ham ulgurdi.

 

Tomas TUXEL

Fuqaroligi: Germaniya

Yoshi: 44 da

Shu odamni ko‘ndirsak, juda yaxshi ish bo‘lardi. Yangi davrning eng ko‘zga ko‘ringan murabbiylaridan biri. U «Mayns» klubini boshqarayotgandayoq, Yevropada tilga tushdi, «Borussiya»da kimsan Yurgen Kloppning o‘rniga qolib, o‘yin sifati va natijalar borasida bemalol o‘rinbosar bo‘la olgani tahsinga sazovor.

Dortmundliklar kutilmaganda u bilan shartnomani bekor qilishdi va eng iqtidorli murabbiylardan biri hozircha ishsiz qolmoqda. O‘z vaqtida uning «Chelsi» yoki hatto «Barselona» klubini boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Hujumkor, yuqori pressingga asoslangan futbol tarafdori. Yangi talantlarni ochish, yoshlar bilan ishlash va o‘zining taktik yangiliklari bilan e’tiborni jalb qiladi. 

 

Xorxe FOSATTI

Fuqaroligi: Urugvay

Yoshi: 64 yosh

Tajribali murabbiy. Osiyo futboli bilan ham juda yaqindan tanish. 2011 yilda «As Saad» bilan birgalikda Osiyo chempionlar ligasida g‘olib kelgan.

So‘nggi saralash guruhida u raqibimiz Qatar terma jamoasini boshqardi. Ushbu terma jamoa boshqaruvidagi so‘nggi o‘yin ham uning ishga bo‘lgan munosabatini yaqqol namoyon qiladi. Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda Fosattining iste’foga chiqishi, qatarliklarda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati deyarli qolmagani deyarli aniq bo‘lib turganiga qaramasdan, Qatar bor kuchi bilan o‘ynagandi. Futbolchilar murabbiyni juda qadrlashgandi.

Bu Xorxe Fosattining har qanday sharoitlar ostida ham o‘z oldiga maksimal maqsadlar qo‘ya olishini va doimo o‘z vazifasini sidqidildan bajarishini isbotlaydi.

 

Qurbon BERDIYEV

Fuqaroligi: Rossiya, Turkmaniston

Yoshi: 65 yosh.

Ertaga birgina chet ellik murabbiy kelishi bilan butun federasiyamiz, futbolchilarimiz, futbolimizdagi munosabatlar Yevropaga aylanib ketishiga ishonish qiyin. Agar chuqur ilohotlardan umid bo‘lmasa, bugungi sharoitlar ostida ham qandaydir yaxshi natijalar ko‘rsatish kerak bo‘lsa, nomzod sifatida Qurbon Berdiyevni ko‘rsatish mumkin.

U sobiq ittifoq davlatlaridagi, O‘rta Osiyodagi futbol tizimini yaxshi tushunadi, qo‘rqib ketmaydi va mana shu sharoitlarda ham o‘zi uchun qulay tizim yarata oladi. U nafaqat jamoani futbol maydonida boshqarish, shuningdek, menejerlik qobiliyati, umuman futbol tizimiga turtki berishi mumkinligi bilan ham e’tiborga arziydi.

Berdiyev kuchli taktik, jamoa imkoniyatidan kelib chiqib, vazifani uddalay olishi bilan mashhur. «Rubin»ning «Barselona»ga qarshi yoki «Rostov»ning «Bavariya»ga qarshi o‘yinlarini eslash kifoya. 

 

Ro‘ziqul BERDIYEV

Fuqaroligi: O‘zbekiston

Yoshi: 45 da.

Kelajakka bo‘lgan optimistik qarashlarimiz puch bo‘lib chiqishi, o‘tgan muvaffaqiyatsizlik uchun yagona chora, shunchaki, Babayanni iste’foga chiqarib qo‘yib, uyog‘i eski hammom va eski tog‘orada cho‘milishga majbur bo‘lishimiz mumkin. U holda yuqorida sanab o‘tilgan yoki o‘tilmagan biror murabbiyning kelishidan umid yo‘q, xush kelibsiz, Ro‘ziqul Berdiyev deb qolamiz xolos. Yurtimizda PRO lisenzisiyasini olgan murabbiylar juda ko‘p, navbati bilan hamma ishlab chiqsa ham bo‘ladi.

Sarkazmni yig‘ishtirib qo‘yib aytadigan bo‘lsak, Yevropalik tajribali murabbiylarni terma jamoamiz boshqaruviga olib kelib, unga o‘zimizning Berdiyev, Hasanov, Qosimov, Lushchan, Irismetov kabi murabbiylarimizni yordamchi qilib qo‘ysak, murabiylarimiz uchun ham yaxshi tajriba maktabi bo‘lishiga shubha yo‘q. 

Qahramon Aslanov tayyorladi

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 18:28, 07.09.2017.
O'qildi: 53994 marta.
Fikrlar: 40 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.