Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Ilhom Mo‘minjonov: "Mag‘lubiyatda murabbiy aybdor"

Ilhom Mo‘minjonov: "Mag‘lubiyatda murabbiy aybdor"

Baho:
+ | -

"Mash’al" - "Navbahor" uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ilhom Mo‘minjonov o‘yin to‘g‘risida o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

- Mag‘lubiyatda murabbiy aybdor bo‘ladi. O‘ylaymanki, yigitlar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Ikkita xavfli vaziyatlarni golga aylantira olmadik. "Mash’al"ning 90-raqamli o‘yinchisi (Zafar To‘rayev) men uchun uchrashuvdagi eng yaxshi hujumchi bo‘ldi. U yaratilgan imkoniyatdan foydalanib, darvozamizga gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham shogirdlarimga bugungi o‘yin uchun rahmat aytaman. Bellashuv yakunlanishiga 10 daqiqa qolganida Sardor Azimovga nisbatan muborakliklar o‘z jarima maydonida yaqqol qoida buzishgandi. Bu vaziyatda hakam 100 foiz penalti belgilashi kerak edi. Ammo bu uning xatosi bo‘ldi. Shuningdek, darvozamizga ham noto‘g‘ri penalti belgilandi. Mazkur xolatda futbolchimiz to‘pga qo‘li bilan teginmagandi. Aksincha to‘p o‘yinchining yuziga tekkan. Hatto futbolchining yuzi qonab ketgan. To‘g‘ri, barcha xato qilib turadi...

"Mash’al"da shiddat borligi ham ko‘zga tashlandi. Lekin biz ham bu o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik. Hayot davom etadi. Navbatdagi uchrashuvlarga puxta tayyorlanamiz. Oldimizga klub rahbariyati o‘tgan yilgi natijaga qaraganda yuqoriroq o‘rinlarni egallashni vazifa etib belgilagan. Maqsadimiz — kuchli oltitalikka kirish.

Ikkinchi davrada 4 turdan so‘ng ilk mag‘lubiyatni tan oldik. Qolgan turlarda yorqin g‘alabalar bilan muxlislarni o‘yingohga chorlashga harakat qilamiz. Ro‘zimboy Ahmedov uchta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol urdi. Biroq, unda kichik jarohat borligi tufayli bugun zaxirada qoldirildi. O‘ylaymanki, u bugun taqdim etilgan 30 daqiqalik imkoniyatda yaxshi taassurot qoldirdi. U burni singan bo‘lishiga qaramay, bahs so‘nggigacha o‘ynadi. Buning uchun unga tashakkur aytaman. Abbos Maxstaliyevda ham jarohat borligi bois zaxirada qoldi. U asta-sekin jismoniy holatini tiklab bormoqda.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 05:52, 08.09.2017.
O'qildi: 4380 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик