Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost 2-2 Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale 3-1 Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe 2-0 Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor 0-1 Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Tyerri Anri - futbolchi, jurnalist, basketbolchi, murabbiy

Tyerri Anri - futbolchi, jurnalist, basketbolchi, murabbiy

Baho:
+ | -

Futbolchilik faoliyatini yakunlagandan keyin ham yiliga 5 million yevro daromad ko‘rish mumkinmi? Ha, buning iloji bor ekan. 17 avgust kuni 40 yoshini qarshilagan Tyerri Anrining bugungi kunda amalga oshirayotgan ishlari fikrimizga isbot bo‘la oladi.

Ha, Fransiya terma jamoasi, «Arsenal» va «Barselona» klublaridagi o‘yin­­lari orqali muxlislar yoqimtoyiga aylangan Tyerri Anri yubileyini nishonlamoqda. Faoliyatini uch yil avval «Nyu-York Red Bullz» safida yakunlagan fransuz ma’lum muddat ishsiz qolib ketdi. 2014 yilning dekabrida Sky Sports unga yillik maoshi 4 million funt sterlingga teng olti yillik shartnoma taklif qildi. Shu tariqa sobiq forvard sportga ixtisoslashgan OAV tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi ekspertga aylandi. Misol uchun, VVS Gari Linekerga 1,5 mln., VT Sport esa Maykl Ouenga 1 mln. funt to‘laydi.

Bir jihatdan, Tyerri Anri olayotgan pullarini oqlamoqda - britaniyalik ishqibozlar uni tumanli o‘lka televideniyelaridagi eng kuchli ekspert deb bilishadi. Qolaversa, sobiq «kanonir» futboldagi mashhur shaxslardan intervyu olishni ham qoyillatmoqda. Hozircha u Xosep Gvardiola, Zlatan Ibragimovich, Pol Pogba hamda Serxio Aguero singari yulduzlar bilan suhbatlashishga ulgurdi.

Anri Sky Sports telekanalida ishlash barobarida murabbiylik kurslariga qatnab, «V» lisenziyasiga ega bo‘ldi. Shu zahoti fransuzga qadrdon klubi «Arse­nal»­dan taklif tushdi va u Londondagi akademiyaning o‘smirlar jamoasini bosh­qarishga rozilik bildirdi. 2015|2016 yillar mavsumi oxirlarida Arsen Venger sobiq shogirdiga ultimatum qo‘ydi - televideniye yoki «Arsenal»dan birini tanlashi kerak. Ko‘rib turganingizdek, Anri TVdagi 30 millionlik shartnomadan voz kechmadi va hozir shunday qarorga kelganidan afsuslanmayotgani aniq.

Keyinchalik Fransiya termasi sobiq hujumchisini o‘z yoniga chorlagan ispaniyalik Roberto Martines yordamchisiga jiddiy shartlar qo‘ymadi. Belgiya milliya jamoasida ishlash uchun Anridan Sky Sports kanalidagi ishidan voz kechish talab etilmadi.

Belgiyalik jurnalistlarning ta’kidlashlaricha, Tyerri assistentlik uchun yiliga 50 ming yevro olmoqda. Fransuz ushbu mablag‘ni xayriya maqsadlari - OITSni davolash bo‘yicha tadqiqotlar hamda mukovissidozga qarshi kurash fondiga ajratadi. Qolaversa, Anri futboldagi rasizmni bartaraf etishga yo‘naltirilgan kampaniyani yo‘lga qo‘ydi. Bu yo‘ldagi samarali mehnatlari tufayli Time jurnali bir necha yil avval futbolchini jahonning 100 nafar eng obro‘li shaxslari qatoriga kiritgandi.

Tyerrining yana bir sevimli mashg‘uloti - basketbol. Fransuz 2000 yillar boshidan buyon Amerikaning «San-Antonio Spyors» jamoasi ishqibozi sanaladi. AQSHning yirik shahrida o‘tkazgan bir necha yillar davomida na «Bruklin Nets», na «Nyu-York Niks»ga muxlislik qildi. Boz ustiga, hozir Anri «Spyors» himoyachisi Toni Parker bilan qalin do‘st.

Anri iyunda sobiq jamoadoshi Andrea Pirlo hamrohligida MBA finalidan o‘rin olgan «Golden Steyt Uorriorz» va «Klivlend Kavalyers» jamoalari o‘rtasidagi bahsni kuzatgani bordi. Yaqinda esa Tyerrining Yoxannesburgda o‘tkazilgan MBA aksiyasida basketbol to‘pini oyog‘i yordamida hal­qaga tushirgani haqidagi videosi tarqaldi.

Qirchillama yoshini nishonlayotgan sobiq futbolchi JCH-2018ni kuzatish uchun Rossiyaga keladi. Bu yerda u ikkita vazifani bajaradi - Britaniya televideniyesi uchun o‘yinlarni yoritishda qatnashsa, boshqa tomondan, Belgiya termasi ishtirokidagi uchrashuvlar payti Martinesga yordamlashadi. Shuningdek, basketbol o‘ynashi ham mumkin.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:50, 09.09.2017.
O'qildi: 5121 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.