Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Odil Ahmedov: "Lozim ko‘rilsa, men milliy terma jamoadan ketishga tayyorman"

Odil Ahmedov: "Lozim ko‘rilsa, men milliy terma jamoadan ketishga tayyorman"

Baho:
+ | -

«Sport» telekanali orqali efirga uzatilayotgan «Gol» ko‘rsatuvi mehmoni Odil Ahmedov kerak bo‘lsa O‘zbekiston milliy terma jamoasidan ketishga ham tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zining tan olib aytishicha, JCH—2018 uning uchun so‘nggi imkoniyat edi. Keyingisida Ahmedov 35 yoshga yaqinlashib qolgan bo‘ladi. Shundan kelib chiqib, Xitoyga qarshi o‘yindan keyin terma sardori futbolni yig‘ishtirib qo‘yish kerakligi haqida achchiq fikrlar bildirib o‘tgandi.

"O‘shanda mag‘lubiyat juda alam qildi, jahl ustida gapirdim. So‘zlarim futbolga tegishli insonlarga yetib borsin, deb gapirdim. Masalan, futbolchilar, murabbiylar va shu sohada kim ishlasa — o‘shalar.

O‘yindan so‘ng yigitlar bilan suhbatlashib, hammasi o‘z qo‘limizda ekanligini tushuntirishga harakat qildim. Bu intervyudan so‘ng menga yozganlar bo‘ldi. Men aytganimdan pushaymon bo‘lganim yo‘q. O‘zbek futboli rivojlanishini istayman.

Ushbu Jahon Chempionati men uchun so‘nggi imkoniyat edi. Keyingi saralashda yoshim 34—35 ga yetib qoladi. Terma jamoaga yangi qon kerak. 34—35 yoshda shunchaki familiyam emas, hozir terma jamoaga qo‘shilib, 2—3 yildan so‘ng yaxshi formaga kirib olgan futbolchi to‘p tepishini istayman. Terma jamoaga yangi yosh futbolchilarni olib kelish kerak bo‘lsa, ketishga tayyorman.

To‘g‘risi, so‘nggi ikki uchrashuvdan so‘ng qanday holatga tushganimni o‘zim bilaman. Shu sababli, har sohada o‘zining ustalari ishlashi kerak deb o‘ylayman. Bergan intervyuimda aynan shu haqda aytmoqchi edim" - dedi Odil Ahmedov.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:09, 09.09.2017.
O'qildi: 9096 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик