Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida estafetachilarimizga atalgan kun

Suv sporti turlari bo‘yicha Osiyo chempionatida estafetachilarimizga atalgan kun

Baho:
+ | -

Ma’lumki, shu kunlarda poytaxtimizda suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalar o‘rtasida IX Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. 

E’tiborlisi, uch kunlik musobaqalarning yakuniga ko‘ra, mamlakatimiz sportchilari jami 11 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Uchinchi kun bo‘lib o‘tgan musobaqalarda mamlakatimiz sportchilari 4 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medallarini terma jamoamiz hisobiga yozib qo‘ydi.

Sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan 4 ta oltin medalning uchtasi estafeta bahslarida erishildi.

Jumladan, 4 bor 100 metr masofaga kompleks usulda o‘tkazilgan estafeta bahslarida o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada ham, qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda ham hamyurtlarimiz birinchi o‘rinni egallashdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda Vladislav Mustafin, Xurshid Tursunov, Artem Kozlyuk va Danil Bukindan iborat kvartet birinchi bo‘lib marra chizig‘iga yetib kelgan bo‘lsa, Maftunabonu To‘xtasinova, Alyona Tomina, Shohsanam Toshpo‘latova hamda Alyona Vasilyevadan iborat jamoamizga ham teng keladigan raqib bo‘lmadi.

Hamyurtlarimiz, shuningdek, 4 bor 100 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha mikst bahslarida ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egallashdi. Ushbu musobaqada Vatanimiz sharafini himoya qilgan Alyona Tomina, Maftunabonu To‘xtasinova, Danil Tulupov va Aleksey Tarasenkodan iboart to‘rtlik oltin medal sohibi bo‘ldi.

To‘rtinchi oltin medalga 50 metr masofaga erkin usulda suzishda Xurshid Tursunov sazovor bo‘ldi. Kecha bo‘lib o‘tgan bahslarda, shuningdek, Fotima Amilova 200 metrga brass usulida suzishda kumush, 50 metrga erkin usulda suzishda Aleksey Tarasenko, 100 metr masofaga erkin usulda suzishda Alyona Tomina hamda 50 metrga brass usulida suzishda Aleksey Sidorchuk bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Bugun suv sporti turlari bo‘yicha yosh toifalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan IX Osiyo chempionatida navbatdagi g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi. Musobaqalar davom etmoqda.

Manba: uzbekistan24.uz
Kiritildi: 17:03, 11.09.2017.
O'qildi: 3757 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.