Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Rossiyalik bokschilar o‘zbek bokschilari bilan tajriba almashadi

Rossiyalik bokschilar o‘zbek bokschilari bilan tajriba almashadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Boks bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Eduard Kravsov rossiyalik bokschilar 2018 yilda xorijlik sportchilar bilan qator tadbirlar o‘tkazishini bildirdi.

“Kelasi yili jahon boksi yetakchilari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Kuba, Amerika, Irlandiya terma jamoalari bilan mashg‘ulotlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz.

Maqsadimiz — tajriba almashish. Bular mashg‘ulotlar, uchrashuvlar va xalqaro musobaqalardagi o‘zaro uchrashuvlar bo‘ladi”, deydi Kravsov.

Avvalroq Rossiya boks federasiyasi bosh kotibi Umar Kremlev jahon chempionatida oltin medallarga ega chiqa olmagan Rossiya terma jamoasi faoliyatini salbiy baholagandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Germaniyaning Gamburg shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida oltita medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egalladi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 21:03, 12.09.2017.
O'qildi: 4975 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик