Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

YECHL, 1-tur. «D» guruhi. «Barselona» «Yuventus»ni tor-mor etdi

YECHL, 1-tur. «D» guruhi. «Barselona» «Yuventus»ni tor-mor etdi

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-tur o‘yinlari ancha sermahsul bo‘ldi. Tur doirasidagi markaziy o‘yin "Kamp Nou"da bo‘lib o‘tdi. "Barselona" o‘zi uchun noqulay hisoblangan "Yuventus" ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

E’tiborli tomoni, "ko‘k-anorranglilar" yetakchisi Lionel Messi o‘z faoliyatida ilk marta Janluidji Buffon darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi, bir emas, ikki marta. Argentinalik futbolchining har ikkala goli bir-biriga o‘xshab ketdi — Messi jarima maydonchasi chizig‘i oldidan chap oyoqda Buffonning chap burchagiga to‘pni joylab ketdi. Shuningdek, Lionel jamoasining uchinchi golida ham bevosita ishtirok etdi. U chap qanotdan raqib jarima maydonchasiga yorib kirib, darvoza oldiga uzatma berdi. Himoyachi qaytargan to‘pni Ivan Rakitich darvozaga joylab qo‘ydi.

"Yuventus" mezbonlar darvozasi tomon hujum uyushtirdi, bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi, ammo Allegri shogirdlariga "Barsa" darvozasini ishg‘ol qilish nasib etmadi.

Shu tariqa, "Barselona" Chempionlar ligasining yangi mavsumini yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi hamda o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun "Yuve"dan munosib qasos oldi.

"D" guruhidan o‘rin olgan yana bir uchrashuvda Portugaliyaning "Sporting" klubi Gresiyada "Olimpiakos"ni mag‘lubiyatga uchratdi — 3:2.

YECHL, "D" guruhi
Barselona Ispaniya – Yuventus Italiya 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 45 Messi, 2:0 – 56 Rakitich, 3:0 – 69 Messi.
Barselona – ter Stegen, Alba, Pike, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Paulinyo, 77), Inyesta (Andre Gomesh, 83), Buskets, Dembele (Serdji Roberto, 71), Suares, Messi.
Yuventus – Buffon, Aleks Sandro, Benatiya, Bardzali, De Shilyo (Sturaro, 41), Matyuidi, Bentankur (Bernardeski, 63), Pyanich, Duglas Kosta, Dibala, Iguain (Kaligara, 87).
Ogohlantirishlar: Bentankur (25), Nelson Semedu (35), Messi (54), Bardzali (61), Pyanich (75), Kaligara (89).

Olimpiakos Gresiya – Sporting Portugaliya 2:3 (0:3, 2:0)
Gollar: 0:1 – 2 Dumbiya, 0:2 – 13 Jelson Martinsh, 0:3 – 43 Fernandesh, 1:3 – 89 Pardo, 2:3 – 90 Pardo.
Olimpiakos – Kapino, Engels, Figeyrash, Elabdellaui, Jiye, Odjidja-Ofoe, Romao, Fortunis (Zdyelar, 46), Karsela-Gonsales (Pardo, 78), Marin, Djurdjevich (Emenike, 62).
Sporting – Ruy Patrisiu, Koates, Silva, Pichchini, MatYE, Fernandesh (Ristovski, 87), Vilyam Karvalyu, Akunya, Battalya, Jelson Martinsh (Bruno Sezar, 72), Dumbiya (Dost, 63).
Ogohlantirishlar: Romao (23), Figeyrash (47), Battalya (77), Elabdellaui (84), Fernandesh (87), Bruno Sezar (90).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:38, 13.09.2017.
O'qildi: 15333 marta.
Fikrlar: 27 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик