Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:00 Napoli 2-2 Roma
28/04 21:00 Atalanta 2-0 Empoli
28/04 21:30 Vilyarreal 3-0 Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion 3-2 Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina 5-1 Sassuolo
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

YECHLda 2-kun. Zidan rekord iZidan, «Uembli» tavqi la’nati va boshqa e’tiborga molik statistikalar

YECHLda 2-kun. Zidan rekord iZidan, «Uembli» tavqi la’nati va boshqa e’tiborga molik statistikalar

Baho:
+-1 | -

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qolgan 4 guruhda ham ilk uchrashuvlar o‘tkaziladi. Tribuna.Uz juftliklarning o‘ziga xos statistik ko‘rsatkichlarini e’tiboringizga havola qiladi.

REAL - APOEL (23:45)
- Bu ikki raqib 2011/12 YECHL chorak finalida to‘qnash kelishgan. O‘shanda madridliklar umumiy 8:2 hisobida g‘alaba qozongan. 

- YECHL da atigi 20 o‘yinda jamoasini maydonga boshlab tushgan Zayniddin Zidan 2  marta ushbu turnirda g‘olib chiqishga ulgurdi. Hech qaysi murabbiy shu paytgacha qatorasiga 3 marotaba g‘olib bo‘la olmagan. 

- «Real» nafaqat YECHLda, balki barcha musobaqalarning har bir o‘yinida gol urib kelmoqda. Jamoaning so‘nggi golsiz o‘yini salkam bir yarim yil oldin YECHL 2015/16 yarim finalida «Manchester Siti» (0:0) ga qarshi uchrashuv bo‘lgandi. 

- «Real» o‘z guruhidagi barcha klub bilan YECHL pley-offlarida o‘ynagan. 

TOTTENHEM - BORUSSIYA DORTMUND (23:45, Match! Futbol 1)


- Jamoalar ilgari faqat bir marta, 2015/16 Yevropa Ligasi nimchorak finalida to‘qnash kelishgan. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, nemis jamoasi 5:1 hisobida ustun kelgandi.

- «Tottenhem» Yevropa Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 9 o‘yinning atigi 2tasida g‘alaba qozongan. Ikki durang va besh mag‘lubiyat. Shuningdek, «Uembli»dagi oxirgi 3 YECHL o‘yinida bir marta raqibdan ustun kelgan. 

- «Tottenhem» o‘tgan YECHL guruh o‘yinlarida boshqa bir nemis jamoasi «Bayer»dan qolib ketgandi. 


FEYENOORD - MANCHESTER SITI (23:45, Match! Nash Sport)


- «Manchester Siti» shu paytgacha ishtirok etgan 36 guruh o‘yinlarining birortasida 0:0 qayd etilmagan. Umuman bu 36 o‘yinning atigi 5tasida manchesterliklar o‘z darvozasini daxlsiz saqlay olishgan. 

- Serxio Aguero YECHLdagi oxirgi 12 o‘yinning atigi 2tasida raqib darvozasini ishg‘ol qila olgan xolos. Ammo u ushbu ikki o‘yinda 5 gol urgan. Umuman, Aguero jamoaning turnirdagi to‘purari sanaladi — 40 o‘yinda 22 gol. 

SHAXTYOR - NAPOLI (23:45, Match! Futbol 2)
- «Napoli» yetakchisi Dres Mertens jamoasining YECHLdagi so‘nggi 10 golining 7tasida ishtirok etgan — 5 gol va 2 assist.

- «Shaxtyor» ushbu turnirdagi oxirgi 10 uchrashuvning atigi bittasida g‘alaba qozongan. Ushbu g‘alaba 2015 yilda «Malmyo» ustidan (4:0) qo‘lga kiritilgan edi. 


LIVERPUL - SEVILYA (23:45, Match! Arena)


- Bu ikki jamoa 2015/16 Yevropa Ligasida finalida to‘qnash kelgandi. O‘sha o‘yinda ispanlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. 

- YECHLning o‘tgan mavsumdagi guruh o‘yinlarida «Sevilya» yarimhimoyachi Steven Nzonzi 459 marta to‘pni sheriklariga oshirgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha turnir bo‘yicha faqat Marko Verattida (479) undan ko‘proq bo‘lgandi xolos. 

MARIBOR - SPARTAK (23:45, Match TV)
- «Spartak» o‘zi qatnashgan so‘nggi 11 YECHL mavsumidan atigi 1 martasida guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan. 1995/96 yilgi mavsumda moskvaliklar jamoasi chorak final ishtirokchisiga aylanishgandi.

- «Maribor» hujumchisi Markos Tavares jamoasining ushbu mavsumdagi YECHL saralashida kiritgan 7 golidan 4tasining muallifidir.


PORTU - BESHIKTOSH (23:45)
- Portugaliya klubi o‘zining 22-guruh o‘yinlarida qatnashmoqda. Jamoa bu borada «Real» va «Barselona» bilan birgalikda rekord sohibidir.

- «Beshiktosh» yettinchi marotaba YECHL guruh bosqichida ishtirok etyapti va ilk bor qatorasiga 2 yil bunday baxtga muyassar bo‘lmoqda. 

- «Beshiktosh» hech qachon guruh bosqichidan o‘ta olmagan. 

- «Portu» YECHLda g‘olib chiqqan yagona Portugaliya klubi hisoblanadi. Portugaliya chempionatidan boshqa hech bir klub hatto YECHL finaliga ham chiqa olmagan.  

LEYPSIG - MONAKO (23:45)
- Nemis klubi o‘z tarixida ilk bor YECHL musobaqasida ishtirok etmoqda. Ushbu mavsumda «Leypsig» bilan birga faqat «Qorabog‘» jamoasi debyutant hisoblanadi. 

- Radamel Falkao YECHLdagi 15 o‘yinda 9 gol muallifiga aylangan. Hujumchi 31 yoshga kirgan bo‘lsa-da, atigi uchinchi marotaba bu turnirda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, barcha uchrashuvlarning xavfli vaziyatlari va gollarini jonli ravishda, online rejimida Match! Futbol 3 telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Qahramon Aslanov tayyorladi

Manba: tribuna.uz
Kiritildi: 19:40, 13.09.2017.
O'qildi: 12352 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.