Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Oliy liga. “Qo‘qon-1912” – “Mash’al”: o‘zaro uchrashuvlar haqida

Oliy liga. “Qo‘qon-1912” – “Mash’al”: o‘zaro uchrashuvlar haqida

Baho:
+ | -

Oliy ligada 15-16 sentyabr kunlari navbatdagi 21-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Shanba kuni “Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z maydonida Muborakning “Mash’al” jamoasini qabul qiladi. E’tiboringizga bu jamoalarning o‘zaro o‘yinidagi statistik ma’lumotlarni taqdim etamiz.

O‘zaro o‘yinlar
Ushbu jamoalar Oliy ligada 11 bora to‘qnash kelishgan. “Mash’al” oltita bahsda g‘alaba qozongan. 3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan. “Qo‘qon-1912” hisobida 2 ta g‘alaba mavjud. To‘plar nisbati 19-10 muborakliklar foydasiga. “Mash’al” o‘zaro o‘yinlarda 21 ochkoga ega bo‘lgan, “Qo‘qon-1912” da 9 ochko bor.

Qo‘qonda o‘tgan barcha uchrashuvlar:
04.11.2016 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 1:1
12.09.2015 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 2:1
07.05.2003 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 0:2
13.04.2002 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 3:1
14.10.1995 «Qo‘qon-1912» – «Mash’al» 0:0

O‘zaro o‘yinlar haqida fakt: “Qo‘qon-1912” maydonida bo‘lib o‘tgan beshta o‘yinning ikkitasida mezbonlarning qo‘li baland kelgan. Ikki uchrashuvda durang qayd etilgan. Bir bor Muborak klubi safardan g‘alaba bilan qaytgan.

Sobiq futbolchilar
Ushub mavsumni “Mash’al”da o‘tkazayotgan Abdullox Olimov o‘tgan yili “Qo‘qon-1912” klubida to‘p surgandi. Shanba kuni u sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘z navbatida ushbu mavsum safimizga kelib qo‘shilgan Jamshid Hasanov esa mavsum-2016da “Mash’al” tarkibida harakat qilgan. Jamshid ham o‘zining sobiq klubiga qarshi maydonga tushish imkoniyatiga ega.

Hakamlar
Shanba kuni Qo‘qonda bo‘lib o‘tadigan “Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvini Jahonning eng yaxshi hakamlaridan biri – Ravshan Ermatov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi, ikkalasi ham Toshkent shahridan. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida Jasur Muxotorov ishlaydi. Hakamlar ishini Oleg Dachev nazorat qiladi.
Uchrashuvga PFL vakili sifatida Ahrol Inoyatov tashrif buyuradi.

Oliy liga
21-tur
«Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – «Mash’al» (Muborak)
Hakamlar: R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), J. Muxtorov (Toshkent)
Nazoratchi: O. Dachev (Toshkent).
O‘zPFL vakili: A. Inoyatov.

Boshlanish vaqtlari
“Qo‘qon-1912” – “Mash’al” uchrashuvi 16 sentyabr, shanba kuni soat 16:30 da boshlanadi.
Ushbu jamoalarning o‘rinbosarlar tarkiblari o‘rtasidagi bahs esa 15 sentyabr, juma kuni soat 16:00 da start oladi. Har ikkala uchrashuv ham Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 10:27, 14.09.2017.
O'qildi: 2633 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.