PlayStation ijodkorlari "MYU" bosh murabbiyi Joze Mourinyoga javob qaytardi.
Avvalroq, portugaliyalik mutaxassis "Bazel"ga (3:0) qarshi o‘yindan so‘ng: "Biz bugun futbol emas, PlayStation o‘ynadik. Bunaqa fintlar, ekvilibristika – menga yoqmaydi" - degan edi.
"Ma’zur tutasan, Joze. PlayStation'da himoyaga avtobus qo‘yishning iloji yo‘q. Biz ko‘ngilochar o‘yinlarni chiqaramiz" - deyiladi kompaniya bayonotida.