Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

Andrey Voronin: «Borussiya» Smolovni chaqirardi, agarda…»

Andrey Voronin: «Borussiya» Smolovni chaqirardi, agarda…»

Baho:
+ | -

Ukrainalik hujumchi Andrey Yarmolenko faoliyatini «Borussiya» D klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

«SE» nashri muxbirlari bu transferga alohida urg‘u berib, mavzu yuzasidan «Dinamo» (Moskva) va «Bayer» klublari sobiq hujumchisi Andrey Voronin bilan suhbatlashishdi.

Bunga sabab shuki, «Borussiya» aslida rossiyalik Fyodor Smolov nomzodini ham ko‘rib chiqqandi, biroq yakunda Voroninning hamyurti bilan shartnoma tuzishni ma’qul ko‘rdi.

- Yarmolenkoni yangi jamoa safiga qo‘shilgani bilan tabriklashga ulgurdingizmi?

- Hozircha yo‘q. Bilishimcha, u bugun (shanba kungi suhbat) terma jamoa ixtiyoriga keladi. Telefon raqamimni bilsa kerak, bilmasa, Konoplyankadan olishi mumkin. Agar qo‘ng‘iroq qilsa, bilganlarimni aytaman, tegishli maslahatlar beraman, albatta.

- Umuman, Yarmolenkoning aynan «Borussiya»da o‘ynashi xususidagi xabardan hayratga tushmadingizmi?

- Ochig‘i, so‘nggi vaqtlarda transferlarga yetarli e’tibor qaratolmadim. To‘g‘ri, Neymarning «PSJ»ga, Dembelening esa «Barselona»ga o‘tganini gazetalarda o‘qidim. Yarmolaga kelsak, uni anchadan buyon Yevropa klublariga «yuborayotgandilar». Biroq negadir Kiyevdan ketishi oson bo‘lmadi. Taxminan bir yil avval hattoki, o‘zidan ham so‘ragandim: «Umuman qayergadir o‘tish niyating bormi?»  Shunda aniq javob berolmadi. Menimcha, «Dinamo» bilan bog‘liq qandaydir muammo xalaqit bergan. Katta ehtimolki, kiyevliklar Yarmolani qo‘yib yuborishni istamaganlar yoki transfer uchun katta mablag‘ so‘rashgan. Misol uchun, Andreyning Dortmundga yo‘l olishi xususidagi gap-so‘zlar 1,5 yil avval urchigandi. Aytgancha, yaqinda germaniyalik jurnalistlar qo‘ng‘iroq qilib, Yarmolaning «Borussiya»ga o‘tishi xususida qanday fikrda ekanligim bilan qiziqishdi. Ammo qandaydir izoh berishni istamadim.

- Nima uchun?

- Hammasini agentlarning navbatdagi nayrangi, deb o‘yladim. Biroq sharhlovchi maxfiy sir sifatida aytdi: «Yarmolenko transferi ertaga rasman e’lon qilinadi». Umuman, Yarmola uchun xursandman, bu o‘tishdan avvalo, Ukraina terma jamoasi manfaatdor. Mana, Konoplyanka bundesliga a’zosi - «Shalke»da to‘p surmoqda. Terma jamoamiz yetakchilarini kuchli chempionatda o‘ynashlari yaxshi, albatta.

- Sizningcha, Yarmolenko qaysi xususiyatlari bilan nemis grandi e’tiborini tortdi?

- Andrey 3 nafar hujumchi bilan o‘ynaydigan «Borussiya» uchun juda mos keladi. U hujum chizig‘ining o‘ng qanotida o‘zini qushdek his etadi. «Dortmund» Dembeleni sotgach, shunday ijrochiga ehtiyoj sezayotgandi. Bilishimcha, jamoa yosh hujumchi emas, tajribali o‘yinchi qidirgan. Andrey esa terma jamoa o‘yinlari va yevrokubok bahslarida yaxshigina toblangan. Endi o‘z mahoratini Germaniyada ko‘rsatsa, bas. Ha, chempionat ancha jiddiy va u yerda talab darajasida to‘p surish oson emas. Lekin Konoplyanka buning imkoni borligini isbotlamoqda (ukrainalik hujumchi «Shalke»da 3ta gol urdi).

- Rossiyalik ayrim mutaxassislarni bitta savol qiynamoqda: «Borussiya» nima uchun qishda jiddiy mish-mishlarga sababchi bo‘lgan Smolovdan voz kechib, Yarmolenkoni tanladi?

- Agar Fyodorning o‘zi xohlaganida, allaqachon Dortmundga ketardi.

- Yo‘g‘-e?

- «Borussiya» Klopp rahbarligida o‘ynagan payt Fyodorga aynan shu jamoa  safini to‘ldirishni taklif qilgandim.

- Bu hazilmi?

- Nega endi hazil? Chindan ham, «Borussiya»ga o‘tishida yordam berishim mumkinligini aytgandim. To‘g‘ri, Fedyada agentlari bor. Ammo Klopp bilan yaxshi munosabatdaman va bemalol vositachilik qilishim mumkin edi. O‘shanda Smolovni qat’iy ogohlantirganim ham esimda: «Sen uchun ketadigan vaqt keldi, keyin kech bo‘ladi».

- Biroq u maslahatingizga quloq solmadi...

- Aslida Yarmolenko va Smolov - turli sifatlarga ega o‘yinchilar. Andrey ko‘proq qanotda harakatlanadi, Fyodor esa markaziy hujumchi. Demak, agar «Dortmund» Obameyangni sotganida, balki Yarmola emas, Smolovni taklif qilardi. Biroq Dembele ketgach, jamoada qanot hujumchisiga ehtiyoj tug‘ildi.

- Yarmolenko transferi Smolov uchun ogohlik belgisimi? Balki u afsusdan barmoqlarini tishlayotgandir...

- Kim biladi? Har bir futbolchi o‘z taqdirini mustaqil ravishda belgilaydi. Ayrimlar Yevropaga borib, ko‘pchilik qatori o‘ynashdan ko‘ra, o‘z yurtlarida yetakchi sifatida yurishni afzal ko‘radilar. Bunda aynan Smolov emas, ko‘plab futbolchilarni nazarda tutyapman. Sobiq MDH vakillarining xorijda muvaffaqiyatga erisholmasliklariga asosiy sabablardan biri shu. Shuningdek, Yevropada maoshning sezilarli darajada kamligi ham ularning qarorlariga ta’sir qiladi.

- Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Smolov faoliyatini «Zenit»da davom ettirishi mumkin.

- Shaxsan men unga Piterga yo‘l olishni maslahat bermasdim.

- Sabab...?

- «Krasnodar»ni «Zenit» bilan almashtirishdan nima ma’no bor? Xo‘p, YEL guruh bosqichida o‘ynaydi, deylik. Yana nima? «Krasnodar» ham izzattalab jamoa, risoladagidek prezident, a’lo darajadagi infratuzilmaga ega. Bu klubda hamma Smolov uchun o‘ynaydi. «Zenit»da esa Kokorin yetakchi, murabbiy aynan unga ishonadi.

- Mayli, «Krasnodar»da qolish nima beradi?

- Agar Smolov Yevropadan takliflar olsa va yangi darajaga chiqishni istasa, variantlarni ko‘rib chiqishi kerak. O‘z misolimda aytsam, faoliyatimni asosan xorij klublarida o‘tkazdim va bundan sira afsuslanmayman.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:39, 15.09.2017.
O'qildi: 3802 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.