«Bavariya» prezidenti Uli Hyoness hujumchi Robert Levandovskining «Real»ga o‘tishi haqidagi savolga o‘ziga xos tarzda javob berdi.
«Bugun birinchi aprel-ku, shunday emasmi?!» – dedi Hyoness.
Avvalroq, Hyoness jamoaning transfer siyosati haqida tiliga erk bergan Levandovskini qattiq tanqid qilgan edi.